Breaking News

Turkiya politsiyasiga ko’ra, “Islomiy davlat” bilan o’ralashib qolgan 155 nafar kishi orasida bu mamlakat fuqaroligi bo’lmaganlar ham bor.

28-oktabrda terror hujumi uyushtirishda gumon qilingan to’rt odam hibsga olindi, ular “Islomiy davlat” jangarilari deb gumon qilinadi. Turk matbuotiga ko’ra, ikkisi Avstraliya fuqarosidir.​

Istanbul politsiyasining aytishicha, “Islomiy davlat” Bayrampasha shaharchasidagi do’konlar majmuasini nishonga olishni rejalagan.

Politsiya xodimlari do’kon oldida portlovchi moddalar ortilgan mashina va bomba yuklangan mototsikl topishgan. Hujum Turkiya respublikasi tashkil topgan kun - 29-oktabr tantanalari paytida sodir etilishi ko'zlangan, deya taxmin qilinmoqda.

Bayrampashaning Yevropaga yaqin tomonida topilgan portlovchi daliliy ashyolar Turkiyaning Istanbul, Anqara, Izmir kabi yirik shaharlarida “Islomiy davlat”ga qarshi jiddiy chora-tadbir ko'rishga undadi. Politsiya Istanbulga yana ikki maxsus maxfiy kurash guruhini jalb qilgan.

So’nggi ikki yil ichida “Islomiy davlat” Turkiyaga bir necha bor hujum qilgan.

2017-yil yanvaridagi portlashda “Islomiy davlat” qo’li borligini tan olgan edi. O’zbek millatiga mansub shaxs Istanbuldagi tungi klubni portlatib 39 nafar inson hayotiga zomin bo’lgan, voqeadan 65 nafar odam jarohatlangan edi.

2016-yilning iyunida Turkiya aeroportida yana 44 odam terror qurboni bo’lgan, 230dan ortig’i jarohatlangan edi. Aeroportda o’zini portlatgan uch shaxs Russiya, O’zbekiston va Qirg’izistondan bo’lgan.

2016-yil yanvarida 10 nafar germaniyalik sayyoh Istanbulda xuddi shunday terror xurujida halok bo’lgan edi.

Turk muxolifati yetakchisi Ozturk Yilmaz fikricha, “Islomiy davlat”ning Suriya va Iroqdagi hududlari qisqarib borarkan, endi Turkiyani ko'proq nishonga olishi ehtimoldan holi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG