Nisha Bisvol Vashingtonda, Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida so'zlayapti. 12-may, 2015-yil.
VASHINGTON —
Andijon fojeasiga 10 yil to’lar ekan, AQSh rasmiylari Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston rahbariyatiga tinchlik va fuqaro huquqlariga hurmat chambarchas bog’liq ekanini eslatmoqda. Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Nisha Bisvol kecha Vashingtonda o’sha mash’um voqealarni alohida tilga oldi.
“13-may kuni Andijon fojeasining 10 yilligi... Bu voqealar hamon esimizda”, - deydi Bisvol xonim.
AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati poytaxtdagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida siyosatdonlar, elchilar va jurnalistlar oldida so’zladi.
“Markaziy Osiyo davlatlari tom ma’noda barqarorlikka erishishni istasa, fuqaroning uzviy huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishi lozim. Busiz tinch-osuda jamiyat qurib bo’lmaydi. Bu shunchaki nazariya emas, tarix buni tasdiqlab keladi, - deydi diplomat.
2005-yilning 13-mayida Andijonda minglab odamlar namoyishga chiqqan, armiya ularni yoppasiga o’qqa tutib, natijada guvohlar so’zlariga ko’ra, kamida 500 odam halok bo’lgan. Hukumat esa faqat 187 kishi o'lganini ta’kidlaydi. Yurak yutib mavzuni ko’targan faollar, jurnalistlar quvg’inga uchragan, mamlakatni tark etishga majbur bo’lgan. Voqea guvohlari vatandan badarg’a qilingan. Qo’rquv hissi hanuz kuchli va odamlar ko’rgani haqida og’iz ochmaydi. Chetga chiqib ketganlar O’zbekistonda qolgan yaqinlariga jabr qilishni istamasligi aytib, gapirmaydi.
“Human Rights Watch” va Xalqaro Amnistiya kabi inson huquqlari tashkilotlari esa Qo’shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi va boshqa hukumatlarni O’zbekistonda huquqiy ahvolga e’tiborni oshiring, deb eslatib charchamaydi.
Nisha Bisvolning so’zlariga ko’ra, Vashington huquq va diniy erkinlik mavzusini ko’tarsa, Markaziy Osiyo davlatlari ekstremizm va terrorizmni ko’taradi. Qonxo’r ekstremizm haqiqatda jiddiy xatar ekanini bilamiz, tushunamiz, deydi diplomat.
“Mintaqa davlatlari bilan huquq va diniy erkinlik haqida muloqot qilar ekanmiz, ular bunga javoban ekstremizm xavfi oshib borayotganini eslatadi. Hukumatlar bu xavf bilan qanday olishish mumkin, deya so’ramoqda. Bu xavotirlarni tushunamiz. Qozog’iston yaqinda ekstremizmga qarshi mintaqaviy anjumanga mezbonlik qiladi va Qo’shma Shtatlar qatnashchilardan”, - deydi rasmiy.
Diplomat Nisha Bisvol Markaziy Osiyo hukumatlariga shuni eslatadiki:
“Ekstremizmga qarshi kurash deganda faqat chegaralar mudofaasi va huquq-tartibot idoralari ishini mustahkamlashni tushunmaslik kerak. Markaziy Osiyo rahbarlari ekstremizm ortidagi tub sabablarni aniqlasin, muammolarga yechim topsin. Toki fuqarolarning fikr va e’tiqod erkinliklari ekstremizmga qarshi kurash bahonasi bilan oyog’osti qilinmasin”, - deydi AQSh diplomati.
Nisha Bisvol o’tgan yili O’zbekistonga safaridan keyin Toshkent bilan munosabatlarda Vashington strategik sabr-toqat siyosatini olib borayotganini ta’kidlagan edi. Huquq tashkilotlari nazarida sabr-toqat bilan yondashish shuncha yil Toshkent bilan ish bermadi, aksincha, ahvol og’irlashdi. Inson haqlari toptalishi, jumladan, Andijon fojeasi uchun O’zbekiston rasmiylari javobgarlikka tutilishi shart, deb hisoblaydi “Human Rights Watch” tashkiloti.
Andijon fojiasi... Haqiqatni kim biladi?
1/95Andijon, 13-may, 2005
2/95Andijon, 13-may, 2005
3/95Andijon, 13-may, 2005
4/95Andijon, 13-may, 2005
5/95Andijon, 13-may, 2005
6/95Andijon, 13-may, 2005
7/95Andijon, 13-may, 2005
8/95Andijon, 13-may, 2005
9/95Andijon, 13-may 2005
10/95Andijon, 18-may, 2005
11/95Andijon, 18-may, 2005
12/95Andijon, 13-may, 2005
13/95Andijon, 13-may, 2005
14/95Andijon, 13-may, 2005
15/95Andijon, 13-may, 2005
16/95Andijon, 13-may, 2005
17/95Andijon, 14-may, 2015
18/95Andijon, 13-may, 2005
19/95Andijon, 13-may, 2005
20/95Andijon, 13-may, 2005
21/95Andijon, 13-may, 2005
22/95Andijon, 13-may, 2005
23/95Andijon, 14-may 2005
24/95Andijon, 15-may, 2005
25/95Andijon, 14-may, 2005
26/95Qirg'izistonga qochganlar, 16-may, 2005
27/95Andijon, 16-may, 2005
28/95Qirg'izistonga qochganlar, 16-may, 2005
29/95Andijon, 18-may, 2005
30/95Andijon, 18-may, 2005
31/95O'zbekistonning o'sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov, Andijon, 18-may 2005
60/95O'zbekiston Bosh prokurori Rashid Qodirov, 17-may, 2005. Qodirov o'shanda 169 kishi o'lgan va xunrezliklar ortida turganlar ichida 50 dan ortiq chet ellik jangari bo'lgan deb aytgan.
61/95Andijondagi qabrlar
62/95Andijon, 17-may, 2005
63/95Andijon, 17-may, 2005
64/95Andijon, 17-may, 2005
65/95Andijonda qazilgan qabrlar, 17-may, 2005
66/95Andijon, 17-may, 2005
67/95O'zbekiston Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov chet ellik mehmonlar bilan, Andijon, 18-may, 2005
68/95To'polonda yaralanganlar
69/95Andijon, 20-may, 2005
70/95Andijon, 20-may, 2005
71/95O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
72/95O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
73/95Andijon, 20-may, 2005
74/95Qorasuv
75/95Fojia qurbonlari ko'milgan joylar
76/95O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida 500 ga yaqin andijonlik qochqinlar yashagan, iyul 2005
77/95O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida chodirlarda yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
78/95Andijon, fojia ketidan
79/95Andijon, 20-iyun 2005
80/9513-mayda o'lgan militsionerning oilasi
81/95O'sh kasalxonasida o'zbek qochqini ko'rikdan o'tmoqda
82/95O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
83/95O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
84/95Toshkentda o'tgan sudlar, 20-sentabr 2005
85/95Toshkentda o'tgan sudlar, 21-sentabr 2005
86/95Toshkentda o'tgan sudlar, 21-sentabr 2005
87/95Toshkentda o'tgan sudlar, 27-sentabr 2005
88/95Toshkentda o'tgan sudlar, 26-oktabr 2005
89/95Toshkentda o'tgan sudlar, 25-oktabr 2005
90/95O'zbekiston bosh prokurori o'rinbosari Anvar Nabiyev Toshkentda o'tgan sud jarayonida gapirmoqda, 26-oktabr 2005
91/95Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
92/95Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
93/95Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
94/95Karimovga qarshi namoyishlar, Moskva, 13-may, 2006
95/952005-yilning 13-mayida Andijon shahrida ro'y bergan qonli voqealarni guvohlar va hukumat turlicha talqin qiladi. Prezident Islom Karimov va uning ma'muriyati nazarida bu tashqi kuchlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan terror xuruji bo'lgan.