Breaking News

Kim Chen Un ilk bor Xitoyga safar qildi

Xitoy rasmiylari mamlakatga Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un ilk bor tashrif buyurganini tan olib, tashrif haqidagi video tasvirlarni Kim Chen Un mamlakatiga qaytib ketganidan so’ng namoyish qildi.

Shimoliy Koreya rahbari Xitoy Prezidenti Si Zinpin bilan uchrashib, Koreya yarimorolini yadrosiz zonaga aylantirishga, Janubiy Koreya va AQSh bilan aloqalarni yaxshilashga tayyor ekanini bildirdi.

“Ikki Koreya rahbarlari hamda Shimoliy Koreya-AQSh o’rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlardan oldin Shimoliy Koreya-Xitoy munosabatlarining yaxshilangani Koreya yarimorolidagi taranglikni yumshatishda qo’l keladi”, - dedi janubiy koreyalik rasmiylardan biri.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abening yapon qonunchilariga aytishicha, Kimning Xitoyga tashrifi hamon o’rganilmoqda.

“Pxenyandan aniq qadamlar ko’rmaguncha embargoni bekor qilmaymiz. Bu masalada xalqaro hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda ish qilamiz”, - dedi u.

Shimoliy Koreya Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh bilan aloqalarni yaxshilash uchun qanday qadam qo’yishi hozircha noma’lum. Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaga 2009-yilda qochgan bir ayolning aytishicha, Kim Chen Un yadroviy rejalaridan qaytmaydi.

“Shimoliy Koreya yadro qurollaridan voz kechishiga ishonmayman, chunki mamlakat rahbari yadro qurollarining ahamiyati haqida ko’p gapirgan, yadro dasturi davlatga qudrat bag’ishlashini, usiz AQShni yengib bo’lmasligini aytgan. Bu pozitsiyasini butunlay o’zgartira olmaydi”, - deydi qochoq ayol.

Xitoy Shimoliy Koreyaning eng yaqin hamkori sanaladi, ammo Pxenyan o’tkazgan yadroviy va raketa sinovlaridan so’ng aloqalar taranglashdi, Pekin qo’shni mamlakatga qo’yilgan xalqaro sanksiyalarni qo’llab-quvvatladi.

Kim Chen Unning Pekinga tashrifi ikki davlat aloqalarini jonlantirishi, oliy darajadagi uchrashuvlardan oldin Xitoyning bu jarayonlardan chetda qolib ketmasligini ta’minlashi aytilmoqda.


Ko'proq...

16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG