Breaking News

Shimoliy Koreya atom dasturini bekor qildi


Seul. Janubiy Koreya

Pxenyan o'z atom dasturini hamda uzoq masofani nishonga oluvchi raketa programmasini bekor qildi. Sinov maydonini ham yopadi.

21-apreldan binoan e'tibor qurollardan iqtisodni yaxshilashga o'tadi, deya bildirmoqda Shimoliy Koreya hukumati.

Bu mamlakat rahbari Kim Chen Un 27-aprel kuni chegarada Janubiy Koreya Prezidenti Mun Je-in bilan uchrashish arafasida. Undan keyin esa Kim AQSh rahbari Donald Tramp bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqchi.

Tramp tvit qilishicha, u uchrashuvdan umidvor.

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis deydiki, Yaponiya singari vaziyatni xavotir bilan kuzatayotgan ittifoqchilarning ko'ngli to'q bolishi kerak. Chunki Vashington va Tokio hamkorligi mustahkam va o'zaro ishonchga asoslangan, deydi Pentagon rahbari. Yaponiya rasmiylari bu so'zlardan minnatdor va AQSh bilan yaqindan ishlashda davom etishga bel bog'lagan.

VIDEO: AQSh Mudofaa vaziri Mattis: Yaponiya bilan aloqalar mustahkam

Mattis: Nothing Will Shake US-Japan Relationship
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:00 0:00

Yaponiya Mudofaa vaziri Itsunori Onodera deydiki, Pxenyanga bosimni bo'shashtirmaslik kerak. Unga ishonch yo'q, deydi rasmiy. Atom dasturini haqiqatdan ham yopish uchun qurollardan voz kechishi va ularni yo'q qilish kerak. Kim Chen Un bilan muloqot ham muayyan shartlar asosida o'tishi kerak, deydi Yaponiya tomon.

VIDEO: Yaponiya Mudofaa vaziri Onodera: Shimoliy Koreyaga bosimni ushlab turish kerak

Onodera: Pressure on North Korea Must Be Maintained
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:09 0:00

Janubiy Koreya rahbari Mun fikricha, yadroviy dasturni yopish yadroviy qurollardan voz kechib, yangi bir davrga o'tishni anglatishi lozim. Agar Pxenyan shunday qilmoqchi bo'lmasa, demak, uni jiddiy qabul qilish mumkin emas. Bu degani esa unga bosim o'tkazilaveradi, mamlakat xalqi iqtisodiy qiyinchiliklar ichida yashayveradi.

AQSh Janubiy Koreyada 28500 qo'shinga ega. Shimoliy Koreya oxirgi marta yadroviy bomba tashishga qodir raketalarini 2017-yilning noyabrida sinab ko'rgan.

Tramp deydiki, Pxenyan atom arsenalidan butkul voz kechib, u bilan bog'liq dasturlarni yopmagunicha, uning maqsadlariga ishonch yo'q. Agar so'zidan qaytsa, deydi Tramp, u bilan hech qanday muloqot qilinmaydi. Uchrashuv samara berishiga ishonch bo'lmasa, "biz Kim bilan muzokara qilmaymiz", - deydi AQSh rahbari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG