Shimoliy Koreya yangi yadro sinovi uchun tanqidga uchramoqda

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya yakshanba kungi yadro sinovi uchun xalqaro hamjamiyat tanqidiga uchramoqda. Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o’tkazganini da’vo qilmoqda - 2006-yildan oltinchi va eng kuchli sinov.

Mutaxassislarga ko’ra, portlash natijasida qayd etilgan yer silkinishi oldingilaridan ancha kuchliroq bo’lgan. Xalqaro hamjamiyat Pxenyanni bu yo’ldan qaytarish choralari xususida fikr almashmoqda.

“BMT Xavfsizlik Kengashi Pxenyanga ko’plab sanksiyalar qo’ygan, ammo birortasi ish bermayotgan ko’rinadi. Endi nima qilishga bosh qotib qoldi”, - deydi tahlilchi Lassina Zerbo.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoydan Pxenyanga bosim qo’yishni so’ragan, biroq bundan ham foyda bo’lmadi. Trampning yakshanba kuni Twitterda yozishicha, Shimoliy Koreya eng yaqin ittifoqchisini xijolat qilmoqda.

Amerika rahbari Pxenyan bilan savdo qilgan mamlakatlar bilan savdoni to’xtatish ustida o’ylanmoqda, biroq Xitoy - AQShning eng yirik savdo hamkori ulardan biri.

Pekinlik bir tahlilchiga ko’ra, Shimoliy Koreya yadro sinovi AQSh va Xitoy aloqalarini taranglashtirmoqda, Janubiy Koreyada ham jamoatchilikni bo’lib qo’ymoqda.

“AQShning Janubiy Koreyada raketaga qarshi mudofaa tizimini o’rnatishi Xitoyga yoqmayapti. Pekin nazarida, buning natijasida strategik muvozanat buzilgan. Janubiy Koreya bu masalada AQShga yaqin bo’lgani uni Xitoydan uzoqlashtirmoqda. Shimoliy Koreya uchun bu strategik yutuq”, - deydi Pekin universitetidan Don Jil Kim.

Xitoylik sharhlovchilar nazarida, AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi g’anim mamlakatlar hujumidan xavotirga tushgan Pxenyan yadro qurollarini yaratishga majbur. Ularga ko’ra, Shimoliy Koreya xavotiriga barham berish uchun bu davlatlar u bilan muloqot boshlashi zarur.

Tramp zarur bo’lsa, harbiy kuch qo’llashga majburmiz, deydi. Biroq G’arb davlatlari nazarida, bu muammoga harbiy yechim yo’q.

“Seul Shimoliy Koreyaga juda yaqin. Mojaro boshlansa, Pxenyan Janubiy Koreyaning katta qismini oddiy qurollar bilan ham vayron qilishi mumkin”, - deydi Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson.

Yevropa Ittifoqi Pxenyanga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG