Breaking News

Obama: Misr xalqi taqdirini o'z qo'liga oldi


“Misr xalqi o’zgarishga tashna ekanini, haqiqiy demokratiyadan kamiga rozi emasligini baralla aytdi. Uning nidosi hukmdorlarga yetib bordi. Xalq talabi bajo keltirildi. Misr endi hech qachon ortga qaytmaydi”, - deydi Obama.
“Misr xalqi o’zgarishga tashna ekanini, haqiqiy demokratiyadan kamiga rozi emasligini baralla aytdi. Uning nidosi hukmdorlarga yetib bordi. Xalq talabi bajo keltirildi. Misr endi hech qachon ortga qaytmaydi”, - deydi Obama.

Dunyo ahli Misrda 30 yillik prezident Husni Muborak xalq talabi bilan iste’foga chiqqanini olqishlamoqda.

Yaqin Sharq va jahonning boshqa burchaklarida oddiy odamlar Misr xalqining quvonchiga sherik bo’lib, uning matonatiga tahsin aytmoqda.

Namoyishlar boshlanganidan beri Husni Muborakni konkret o'zgarish qilishga undab kelgan AQSh prezidenti Barak Obama fikricha Misr endi noharbiy va demokratik boshqaruvga o’tishi kerak.

"Bu zamonamizning unutilmas onlari. Insoniyat tarixiga bag'oyat muhim kun sifatida kirishi muqarrar",- deydi u.

“Misr xalqi o’zgarishga tashna ekanini, haqiqiy demokratiyadan kamiga rozi emasligini baralla aytdi. Uning nidosi hukmdorlarga yetib bordi. Xalq talabi bajo keltirildi. Misr endi hech qachon ortga qaytmaydi”, - deydi Obama.

“Murakkab damlar hali oldinda, lekin aminmanki, Misr xalqi barcha savollarga o’zi javob topadi. Ularning zo’ravonliksiz, tinch yo’l bilan adolatga erishgani butun jahonni ilhomlantirdi”.

Qo’shma Shtatlar, deydi Obama, Misrga do’st va ittifoqchi bo’lib qoladi.

"Biz bu xalqqa demokratiya tomon qadam tashlashida yordamni ayamaymiz",- deydi u.

Vashington nazarida, Misrda hokimiyatni qo’lga olgan harbiylar o'tish davri oshkora o’tishini ta’minlashi lozim.

“Bu degani, inson huquqlari hurmat qilinib, favqulodda qonunlar bekor qilinishi shart. Bosh qomus yangilanib, erkin va adolatli saylovlar uchun zamin yaratiladi degan umiddamiz”, - deydi AQSh prezidenti.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun deydiki, Misr ahli o’z haq-huquni “tinch, tartibli ravishda va jasorat bilan” talab qilgani maqtovga sazovor.

Yevropa Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton fikricha esa Muborakning iste’foga ketish qarori hurmatga loyiq.

“Endi tez fursatda milliy dialog boshlab, yangi hukumat tuzish kerak”, - deydi u.

Britaniya, Germaniya va Fransiya rahbarlari nazarida Misr demokratiyaga o’tishi uchun barcha eshiklar ochiq. “Bu tarixiy imkoniyat”.

Tunis va Misrdagi mislsiz o’zgarishlarni ko’pchilik Yaqin Sharq mintaqasida inqiloblarning boshlanishi sifatida talqin etadi.

Falastin, Qatar, Iordaniya ko’chalarida ham bayram-u shodiyonalar …

Facebook va Twitter kabi ommabop safilarda yaqin sharqliklar bir-birini “inqilob” bilan tabriklamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG