Breaking News

Husni Muborak Misrni 30 yil barqaror saqladi, lekin nima hisobiga?


Vitse-prezident Husni Muborak va prezident Anvar Sadat, parad paytida otishma boshlanishidan bir necha daqiqa oldin olingan rasm, 6 oktabr 1981
Vitse-prezident Husni Muborak va prezident Anvar Sadat, parad paytida otishma boshlanishidan bir necha daqiqa oldin olingan rasm, 6 oktabr 1981

Prezident Husni Muborak Misrni 30 yil davomida barqaror ushlab turgan rahbar sifatida tarixga kiradi, lekin nima hisobiga?

Uning boshqaruvi davrida Misr Isroil va G’arbga yaqin ittifoqchi, Yaqin Sharq tinchlik muzokaralarida muhim vositachi va ekstremizmga qarshi kurashda AQShga hamkor edi.

Lekin Husni Muborak o’z xalqini uzoq yillar temir panja bilan boshqargani, xavfsizlik xizmatiga keng vakolatlar berib, muxolifatni ezgani ham haqiqat.

Husni Muborak qasamyod marosimida, Qohira, 14 oktabr 1981
Husni Muborak qasamyod marosimida, Qohira, 14 oktabr 1981

Misr vitse-prezidenti Umar Sulaymon namoyishlarning 18-kunida xalq orziqib kutgan xabarni ularga yetkazdi.

“Misr boshiga tushgan o’gir kunlarni inobatga olib, prezident Muborak iste’fo berishga qaror qildi. Hokimiyat bugundan qurolli kuchlar qo’liga topshiriladi. Olloh o’zi bizga madad bersin”, - dedi Sulaymon qisqa telemurojaatida.

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton, Falastin ma'muriyati sobiq rahbari Yosir Arofat va Husni Muborak, Vashington, 28 sentabr 1995
AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton, Falastin ma'muriyati sobiq rahbari Yosir Arofat va Husni Muborak, Vashington, 28 sentabr 1995

Husni Muborakning hokimiyatga kelishi Misr tarixidagi eng dahshatli voqeaga borib taqaladi: 1981 yilning oktyabrida prezident Anvar Sadat va yana 11 kishi harbiy parad paytida otib o’ldiriladi. O’shanda vitse-prezident bo’lgan Husni Muborak qo’lidan o’q yeb, omon qoladi.

Jurnalist Deyvid Ottovey bu qonli voqeaga guvoh bo’lgan.

“Prezident joniga qasd qilinganida o’sha yerda edim. Muborak o’rnidan turdi-yu, furajkasini qoqib, nima bo’lganini anglashga harakat qilayotgani esimda”, - deydi Ottovey.

Oradan sakkiz kun o’tib, Muborak prezident sifatida qasamyod keltiradi. Deyvid Ottovey uni qaysar deb ta’riflaydi. Qohiradi xorijiy jurnalistlar bilan deyarli aloqa qilmagan.

Iordaniya qiroli Husayn va Husni Muborakning Bag'dodga safari, 19 mart 1985
Iordaniya qiroli Husayn va Husni Muborakning Bag'dodga safari, 19 mart 1985

“Kamgap. Intervyu bersa ham savollarga jumboq bilan javob beradigan, kelajak haqida so’rasangiz, “muhimi barqarorlik”, deya ketaverardi”, - deydi Ottovey, “Vashinton Post” gazetasining Qohiradagi idorasi sobiq rahbari.

Oradan 30 yil o’tib, bugungi kunga qaytamiz.

Misr bu yillar mobaynida haqiqatdan ham tinch edi. Arab dunyosida yangragan tanqidlarga qaramay Qohira Isroil bilan imzolangan tinchlik bitimiga so’zsiz amal qilib kelgan.

Misr hukumati bora-bora qo’shnilar bilan do’stona aloqani tiklab oldi. Isroil-Falastin tinchlik muzokaralariga vositachilik qildi.

Ammo AQSh ittifoqchisi, sirtdan barqaror ko’ringan Misrda avtoritar tuzumni savolga tutganlar ayovsiz ezilgani ham hammaga ayon edi.

Muborak AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter bilan, Oq uy, 1979
Muborak AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter bilan, Oq uy, 1979

Prezident Muborakning joniga bir necha bor qasd qilishgan, lekin u hech kimdan qo’rqmayman der edi.

“Hech kim umrbod yashamaydi axir”.

So’nggi saylovlarda hukmron partiya parlamentda yanada ko’proq o’rinlarni egallab oldi.

Qalloblik va saylovchilarni qo’rqitish hisobiga, deydi xalqaro kuzatuvchilar.

Musulmon Birodarlar, Misrdagi eng yirik muxolif harakat yetakchilari sistematik ravishda ta’qib qilingan, qamoqqa tashlangan.

Buning ustiga, Muborak o’g’li Jamolni vorislikka tayyorlayotgani haqidagi mish-mishlar yaraga tuz sepish bilan barobar edi.

Sobiq jurnalist Deyvid Ottoveyga ko’ra, Misrda boy va kambag’al o’rtasida yer bilan osmoncha farq bor.

8 fevral 2011
8 fevral 2011

“Hukumat 2004 yilda boshlagan iqtisodiy islohotlarga tan berish kerak: 4 yil ichida milliy daromad kishi boshiga ikki baravar o’sgani katta gap", - deyi ekspert.

"Lekin buning mevasi quyi, qashshoq qatlamga yetib borganini, odamlar turmushi yaxshilanganini ko’rmadik. Ana shu alam xalq isyoniga yetaklagan asosiy omillardan”.

Misr ahli qo’shni Tunisda 23 yillik diktator taxtdan ag’darilgani bizga ilhom berdi, deya tan oladi.

Namoyishlar 25 yanvarda boshlanib, sekin-asta butun mamlakatni qamradi. Unda millionlar ishtirok etdi.

Muborak Umar Sulaymonni o’ziga muovin qilib tayinlangani ham ish bermadi. Namoyishchilarning javobi: Muborak ketishi shart, vassalom.

Vanihoyat 11 fevralda iste’fo haqida e’lon…

XS
SM
MD
LG