Breaking News

Obama: Argentina, Shveysariya, O'zbekiston boyitilgan urandan qutulgani maqtovga loyiq


Prezident Barak Obama jahon rahbarlarini terrorchilar xavfini jiddiy qabul qilishga, yadroviy hujumlar ehtimolini unutmaslikka undayapti.
Prezident Barak Obama jahon rahbarlarini terrorchilar xavfini jiddiy qabul qilishga, yadroviy hujumlar ehtimolini unutmaslikka undayapti.

Prezident Barak Obama jahon rahbarlarini terrorchilar xavfini jiddiy qabul qilishga, yadroviy hujumlar ehtimolini unutmaslikka undayapti. Bunday hamlalar dunyoni ostin-ustun qilib yuborishi mumkin, deydi Oq uy rahbari.

Vashingtonda yadroviy qurolsizlanishga doir anjumanga mezbonlik qilgan Obama yadroviy terrorizmning oldini olish uchun salmoqli ishlar qilindi, dedi.

Shu damgacha biror jangari guruh yadroviy mahsulotni qo’lga kirita olgani yo’q. Obama Argentina, Shveysariya va O’zbekistonda yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralaridan qutulish uchun qilingan ishlarni olqishlamoqda.

Amerika prezidentining aytishicha, “Islomiy davlat” kabi ekstremist tashkilotlar xavfli qurolga yetishishi global xavfsizlikka eng yirik tahdid bo’lib qolayapti. Radikal to’da kimyoviy qurolni ishlatgani haqida xabarlar bor. Al-Qoida esa azaldan yadroviy qurolni izlab keladi.

“Bu telba odamlar qudratli vositani qo’lga kiritgani zahoti insoniyatni qirishga tushishi aniq”, - deydi Obama.

Vashingtonda shu hafta yig’ilgan o’nlab mamlakatlar rahbarlari yadroviy terrorizm haqida, Shimoliy Koreya kabi o’lkalarning yadroviy izlanishlari haqida jiddiy gaplashdi. Obama anjumanning ikkinchi va oxirgi kunida so’zlar ekan, Eron bilan yadro dasturi borasida erishilgan kelishuvni muhim yutuq, deya ta’rifladi. Diplomatiyaning mahsulidir bu, deyd u.

Sammit oldidan Amerika o’z ixtiyoridagi boyitilgan uran hajmini ommaga oshkor etdi. 2013-yilda Qo’shma Shtatlarda yuqori darajada boyitilgan uran 586 metr tonnani tashkil etgan. 1996-yilda bu mahsulot hajmi 741 metr tonnadan iborat edi.

Bu orada, Rossiya sammitda qatnashmaslikka qaror qildi. Rossiya Amerika kabi yadroviy qurollari zaxiralari jihatidan dunyoda yetakchi hisoblanadi. Ikki mamlakat Ukraina va Suriyadagi ixtiloflar bois kelishmay turgan bir paytda Prezident Vladimir Putin Amerika tashabbusi bilan o’tkazilayotgan sammitga kelishni xohlamagan. Yadro quroliga ega boshqa bir davlat - Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif o’lkadagi xurujlar sababli Vashingtonga safarini bekor qilgan.

Yadro materiallari ishonchli qo'llardami?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

Yadroviy qurollar xavfsizligi - Nuclear Missile Safety
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG