Breaking News

Atom bombasi tashlaganidan 71 yil o'tib, AQSh rahbari Xirosimaga boradi

AQSh rahbari Barak Obama shu oy Yaponiyada Katta Yettilik sammitiga safari paytida Xirosima shahrini ham ziyorat qiladi. Ikkinchi jahon urushi yakunida, 1945-yilning 6-avgustida, Qo'shma Shtatlar shaharga atom bombasini uloqtirgan edi. Xirosima falokatidan omon qolganlar Obama kechirim so'ramasa-da, balki ular tortgan jabr, azob-uqubatni e'tirof etadi, degan umidda. Ommaviy qirg'in qurolidan xoli dunyoni ustuvor yo'nalishlardan deb biluvchi Obama Amerikaning bu shaharga borgan ilk rahbari bo'ladi.

XS
SM
MD
LG