Pentagon so'zlovchisi: Suriyada maqsad "Islomiy davlat"ni yer tishlatish

  • Amerika Ovozi

Halab, Suriya

Iroq armiyasi va hamkor kuchlar Musul shahrini butunlay ozod qilish arafasida. Suriyada "Islomiy davlat" to'dasi bilan olishayotgan koalitsiya kuchlari esa bot-bot Suriya hukumati tomonidagi guruhlar bilan to'qnash kelayapti.

"Amerika Ovozi" Pentagon matbuot kotibi Dana Uayt bilan Iroq, Suriyada "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashning mushkul jihatlari haqida gaplashdi.

Suriyadagi urush kengayishi ehtimoli, AQShning unga chuqurroq tortilishi ehtimoli haqida so'ralganda Uaytning javobi shunday bo'ldi:

"Amerika Suriyada ko'zlagan asosiy maqsad "Islomiy davlat" guruhini yo'q qilishdan iborat. Buni boshidan aytib kelganmiz. Shu bilan birga, biz davlatimiz va koalitsiyadagi ittifoqchilarimizni himoya qilishni muhim deb bilamiz. Bu murakkab vaziyatda barcha tomonlar konfliktlarga barham berish yo'lidan borishini xohlar edik", - deydi Pentagon so'zlovchisi.

Davlat kotibi Reks Tillersonning sal avval aytishicha, qator arab davlatlari Qatarga qo'ygan blokada "Islomiy davlat"ga qarshi kurashga halaqit bermoqda.

Saudiya Arabistoni boshliq mamlakatlar Qatarni Eron va Musulmon Birodarlar bilan yaqin muomalada bo'lgani uchun havo va dengiz blokadasi bilan jazolagan.

Holbuki, Amerika Qatardagi harbiy bazadan turib Yaqin Sharqda va Afg'onistonda "Islomiy davlat"ga qarshi kurash olib borayapti.

"Davlat kotibi Tillerson haq", - deydi Dana Uayt.

"Havo va dengiz blokadasi uzoq muddatda muammo tug'dirishi mumkin. Biz Qatardan turib "Islomiy davlat" guruhiga zarbalar berayapmiz. Agar havo va dengiz qatnovi to'sishda davom etilsa, muammo yuzaga kelishi aniq", - deydi Vayt.

"Ta'minot masalasi, harbiy samolyotlar parvozi masalasi, Qatardagi ofitserlarimiz masalasi turibdi", - deydi Pentagon so'zlovchisi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG