Pentagon: "Islomiy davlat" Afg'onistonda hamon katta muammo

  • Amerika Ovozi

Jalolobod, Afg'oniston

AQSh o'tgan 16 yildan beri Afg'onistonda trillionlab dollar sarfladi. Yuz minglab qo'shin tortdi. Misli ko'rilmagan darajada iqtisodiy va siyosiy ko'mak ko'rsatdi. Lekin mamlakat hamon notinch. Bugun, ayniqsa, "Islomiy davlat" katta muammo, deya bildirmoqda Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi.

Mudofaa vaziri Jim Mattis strategiyani ko'rib chiqmoqda. Yangiliklar kutilmoqda. Qo'shimcha qancha askar safarbar etilishi yuzasidan hali bir qarorga kelinmagan.

“Ittifoqchi davlatlar vaziyatga qanday yondashmoqchi va tinchlik yo'lida qanday hissa qo'shmoqchi? Buni bilishimiz kerak”, - deydi Dana Uayt, Pentagon matbuot kotibi.

Maxsus amaliyotlarda "Islomiy davlat" ga qarashli bir necha yirik qo'rg'onlar barbod qilingan, yuzlab jangarilar o'ldirilgan, bir necha tuman terroristlardan tozalangan. Lekin ularni tag-tugi bilan yo'qotish vaqt va tinimsiz harakat talab qiladi.

Afg'onistondagi qo'mondon general Jon Nikolson deydiki, qo'shinlar sonini bir necha mingga oshirish kerak. Nangarhor va Juzjon viloyatlaridagi operatsiyalarni kengaytirib, "Islomiy davlat" ga muttasil zarba berish lozim, deydi general.

Prezident Donald Tramp Pentagonga bu borada barcha zarur choralarni ko'rishni buyurgan. Iyul oyi o'rtalarida yangi qaror e'lon qilinishi kutilmoqda.

Aprel oyidagi amaliyotlarda Afg'onistonda uch amerikalik o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG