Breaking News

O'zbekiston diniy erkinlik cheklangan jamiyatlar qatorida


O'zbekiston diniy erkinlik cheklangan jamiyatlar qatorida
O'zbekiston diniy erkinlik cheklangan jamiyatlar qatorida

AQSh Davlat departmanti jahon bo’ylab diniy erkinlikka doir yillik hisobotini e’lon qildi. Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Korea, Saudiya Arabistoni, Sudan va O’zbekiston tashvishga molik mamlakatlar ro’yxatiga kiritilgan.

Hisobot Kongressi talabiga muvofiq, Davlat departamentining Demokratiya, Inson Huquqlari va Mehnat Byurosi tayyorlaydi.

Hujjatda 200 mamlakatdagi vaziyat muhokama qilingan. Birma, Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Eritreya va O’zbekiston - chuqur xavotirga molik o’lkalar.

Maqsad hukumatlarni jazolash emas, balki mamlakatlarni sharoitni yaxshilashga undash, deydi Davlat kotibasi Xillari Klinton.

Xillari Klinton, AQSh Davlat kotibasi
Xillari Klinton, AQSh Davlat kotibasi

“Ushbu hisobot bilan o’zimizni boshqa davlatlardan ustun qo’yish yoki shunchaki tanqid qilishga harakat qilmayapmiz. AQSh hukumati diniy erkinliklarga jiddiy e’tibor qaratadi, ularga barcha birdek amal qilsin deydi. Erkinlik umumbashariy ne’mat. Jahon bo’ylab shu yo’lda faoliyat olib borayotgan jasur insonlarni qo’llab-quvvatlaymiz”, - deydi AQSh bosh diplomati.

Davlat kotibi muovini, hisobot uchun mas'ul Maykl Pozner Shimoliy Koreyada diniy erkinlik mutlaqo yo’q deydi.

“Shimoliy Koreyada ahvol nihoyat og’ir. Har jabhada fundamental huquqlari oyoq osti qilinadi”, - deydi u.

Davlat kotibasi Xillari Klintonning aytishicha, Xitoyda ham hukumat ro’yxatidan o’tmagan nasroniylar, buddistlar va musulmonlar tinimsiz ta’qib ostida.

O’zbekistonda ham ahvol og'ir ekani alohida tilga olinadi.

E'tiqod targ’iboti va diniy adabiyotlarni mamlakatga kiritish va tarqatish man etilgan. Ayrim guruhlar ro’yxatdan o’tkazilmagan. Dindorlarga nisbatan xavf deb qaraladi, jumladan “Nurchilar” harakatiga a’zolikda ayblangan shaxslar qamoqda, deyiladi hisobotda.

AQSh diplomatlari O'zbekiston hukumati bilan muzokaralarda bu masalaga alohida e’tibor qaratadi.

Bag’rikenglikka asoslangan har bir jamiyatda diniy erkinlik ta’minlanishi shart. E'tiqodi uchun qamoqqa olingan insonlar ozod etilishi kerak, deydi Amerika rasmiylari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG