Breaking News

Mitt Romni Xitoy oldida maqtanmoqda


Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Mitt Romni Floridada saylovchilar bilan uchrashmoqda, Sent-Agustin, 13-avgust, 2012-yil.
Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Mitt Romni Floridada saylovchilar bilan uchrashmoqda, Sent-Agustin, 13-avgust, 2012-yil.
AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Mitt Romni Floridada saylovchilar bilan uchrashar ekan, tashqi siyosat, xususan, Xitoy haqida so’z ochdi.

Romni so’nggi Olimpiya o’yinlarida medallar soni bo’yicha ikkinchi o’rinni egallagan Xitoydan 16 ta ko’p medal qozongan AQShni maqtadi.

"Biz hali ham jahondagi eng buyuk davlatmiz. Ayrimlar bizni tanqid qilib, buyukligimiz ortda qolganini aytadi. Ammo Olimpiadada hammadan ko’p medal oldik. Marsga apparat chiqardik. Xitoy ham Oyga chiqmoqchi. Shu ishni uddalab, Oyga parvoz qilgach, biz 43 yil oldin qadagan bayrog’imizni ko’rib qaytishsin", - deydi Romni.

Romni Xitoyni savdo, intellektual mulk, valyuta masalalarida tanqid qildi.

Rasmiy Pekin nazarida bu kabi bayonotlar mas’uliyatsizlikdan dalolat, siyosiy bir o’yin, biroq bundan ikki yirik davlat munosabatlari zarar ko’rishi mumkin.

Bugun ma'lum bo'lishicha, prezidentlikka asosiy da'vogar ikki arbob oktabrdan boshlab teledebatda qatnashadi. Ilk debat Koloradoning Denver shahrida 3-oktabrga belgilangan va, asosan, ichki siyosat haqida bo'ladi.

Prezidentlikka nomzodlar uch bor, vitse-prezidentlikka nomzodlar esa bir marta teledebatda bellashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG