Breaking News

Gudkov: Kreml bosimni oshirsa, fuqaro urushi boshlanadi


Rossiyada “Pussy Riot” rok guruhi a’zolarini himoya qilgan advokatlar va prezident Vladimir Putinga qarshi siyosatchilar tazyiq va bosim kuchayganidan shikoyat qilmoqda.

Gudkov: Kremlni bosimni oshirsa, urush bo'ladi/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:28 0:00
Yuklab oling


Rokchi qizlar cherkovda Putindan nolib qo’shiq aytib, raqsga tushgani uchun ikki yilga qamalgan.

Ularning huquqini himoya qilgan Mark Feygin may oyida Bolotnaya maydonida hukumatga qarshi namoyishlar yuzasidan so’roq qilingan.

Safdosh advokat Nikolay Polozov fikricha hamkasbining qattiq nazorat ostiga olinishi tasodif emas.

“Bir narsa oydek ravshan. Agar boshqa mijozlarimizni ham “Pussy Riot” qizlaridek himoya qilsak, ya’ni sudya va tergovchilar bilan hech qanday murosa va maxfiy kelishuvga bormasak, biz ham ertami kechmi sud qilinishimiz mumkin. Feyginga qarshi harakatlar advokatlarga nisbatan bosim kuchayishidan darak”, - deydi u.

Rokchi qizlarning uchinchi advokati ham so’roq qilingan.

Feygin 6-may kungi chiqishlarda qatnashganini inkor etmaydi. Biroq o’sha kuni minglab boshqa odamlar ham maydonga chiqqan.

Putin uchinchi marta prezident etib saylanganidan keyin parlament ommaviy namoyishlar tashkil etish uchun to’lovni 150 baravar oshirdi. O’rtahol rossiyalikning yillik maoshi bu to’lovdan kamroq.

“Spravedlivaya Rossiya” fraksiyasining Dumadagi rahbari Gennadiy Gudkov juma kuni deputatlikdan bo’shatildi. Muxolifat lideri bo’lganim uchun Kreml meni nishonga oldi, deydi u.

“Rasmiylar meni qoralovchi hech qanday dalil topolmadi. Ular meni Dumadan chiqarib tashlashga qaror qildi. Chunki ular haqiqatdan, tanqid va mening fikrimdan qo’rqadi”, - deydi siyosatchi.

Rossiya deputatlari biznes faoliyatini kuzatib turuvchi komissiya Gudkov tadbirkorlik bilan shug’ullangan, uy-qurilish materiallari hamda to’qimachilik firmasi orqali katta boylik orttirgan, degan xulosaga kelgan.

14-sentabr, juma kuni, Duma a’zolari 291 ga 150 ovoz bilan Gudkovni deputatlik mandatidan mahrum qildi. Gudkov ayblovlar asossiz, bu Kremlning ishi, deydi.

“Gap Rossiya muxolifati, norozilik harakatlari haqida ketyapti. Xalq taqdiri va mamlakat kelajagi haqida ketyapti. Agar hukumat siyosiy qasos va sudsiz jazolash amaliyotini davom ettirsa, fuqaroviy urush boshlanishi hech gap emas”, - deydi Gudkov.

15- sentabr kuni Moskvada bo’lib o’tgan namoyishlarda Gudkov minglab odamlar oldida so’zga chiqib, hukumatdan yangi saylov o’tkazishni talab qildi. Kreml muxolifatni qo’rqita olmaydi, deya hayqirdi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG