Endi olimlar epidemiya qachon boshlanishini bashorat qila oladi

  • Amerika Ovozi

Tibbiyot va preventiv choralarga kam mablag' ajratilgan mamlakatlarda aholi va chorvaning hasharotlardan tarqaladigan kasalliklarga moyilligi yuqori. Bunday epidemiyalarga qarshi kurashning eng samarali yo’li o'z vaqtida emlash va zararkunanda hasharotlarni yo’qotish. Lekin kasallik qachon tarqalishini bilish mushkul. Shunday bo’lsada, olimlar sun’iy yo’ldosh orqali epidemiya tarqalishini bashorat qilish chorasini topishdi.

Rift vodiysi isitmasi Afrika va arab yarimorolida chivinlar orqali aholi va chorvaga tarqalayotgan virusli epidemiyadir. Bunga hali davo topilmagan. Virusga chalingan bemorda atigi 50 foiz omon qolish ehtimoli bor.

Chorvani emlash ham virus tarqalishining oldini olishi mumkin, lekin epidemiyadan avval qilinsagina. Demak, epidemiya qachon boshlanishini bilish muhim. Shu paytgacha buning imkoni yo’q edi.

NASAning Goddard parvozlar markazi qoshidagi uyushma olimlari sun’iy yo’ldosh orqali ob-havo kuzatuvlarini tahlil qilish jarayonida ajoyib ilmiy tasodifni kashf etishdi.

“Sharqiy Afrikadagi Rift vodiysi isitmasi epidemiyasi 3-7 yilda uchraydigan “EI-Ninyo” oqimi paytiga to'g'ri kelishini aniqladik”, - deydi tadqiqodchi Assaf Anyamba.

“El-Ninyo” va“La-Ninya” Tinch okeani bo’ylab ekvator chizig’ida ro’y beradigan issiq va sovuq havo oqimlari. Bu oqim Hind okeaniga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.Natijada hosil bo'lgan yog’ingarchiliklar zararkunandalar ko’payishiga qulay sharoit yaratadi.

“Odatda uch oycha bo’ladigan yog’ingarchilik mavsumi 4-5 oyga cho’zilib ketadi. Tinimsiz yomg’irlardan Sharqiy Afrika kabi katta hududlardagi yashash joylarini suv bosadi va hasharotlar urug’lanishi avj olib ketadi”, - deydiAssaf Anyamba.

NASAning Goddard parvozlar markazi, AQSh Sog’liqni saqlash vazirligi Sanitariya agentligi,BMTning Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va boshqa davlatlar tashkilotlari monitoring dasturiga mablag' ajratgan. Unga ko'ra, 25 tadqiqot markaziga epidemiya havfi yuzasidan har oy ma’lumot berib boriladi.

Rift Vodiysi isitmasi kabi hasharotlar tarqatuvchi boshqa virusli epidemik kasalliklar ham monitoring ro’yxatiga kiritilgan.

“Dunyoda har kuni nima bo’layotganini kuzatish, epidemiya tarqalish sabablarini aniqlashga imkon paydo bo’ldi”, - deydi Assaf Anyamba.

Anyambaning fikricha, hukumatlar va nodavlat tashkilotlar bu dasturni kengroq qo'llagani sari ko'plab epidemiyalarning oldini olsa bo'ladi. Shuningdek, bu ma’lumotlar AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligining Tibbiy-veterinariya entomologiyasi markazi veb sahifasida ham berib boriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG