Breaking News

Oyda konchilik? AQSh tayyorgarlikni boshlab yubordi


Fazo yangiliklari: Oyda konchilik, qora tuynuk, samodagi ohanglar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

Qo’shma Shtatlar Oyda konchilik ishlarini olib borishga qaratilgan “Artemida Kelishuvlari” nomli xalqaro hujjat loyihasini tayyorlamoqda. Yerning yo’ldoshida ko’p turdagi metallar, jumladan alyuminiy va marganets mavjud.

2024-yilgacha astronavtlarni Oyga eltish mo’ljallangan. Qo’nish sistemalarini yaratish uchun “SpaceX”, “Blue Origin” va “Dynetics” kompaniyalari qariyb bir milliard dollar mablag’ni bo’lishib oladi.

Tramp ma’muriyati Oyni keyinchalik Marsga missiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan strategik nuqta deb biladi. “Artemida Kelishuvlari” Oyda qurilajak bazalar atrofida “xavfsizlik zonalarini” yaratish ko’zda tutilgan, toki raqib mamlakatlar va kompaniyalar bu joylarga yaqinlashmasin.

AQSh yaqin haftalarda rejani ittifoqchilar, jumladan, Kanada, Yaponiya, Yevropa davlatlari va Birlashgan Arab Amirliklari bilan muhokama qilmoqchi. “Reyters” axborot agentligi xabariga ko’ra, Rossiya fazoda AQSh sun’iy yo’ldoshlariga nisbatan “dushmanona” manyovrlarni amalga oshirib kelayotgani sabab bu davlat muzokaraga taklif etilmagan.

Yevropa olimlari esa Yerga eng yaqin bo’lgan qora tuynukni kashf etdi. Bizdan ming yorug’lik yili uzoqlikdagi qora tuynuk shunday masofadaki, uning ta’siri ostidagi ikki yulduzni oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin.

27-may kuni esa Floridaning Keyp Kanaveral shahridagi kosmik markazdan astronavtlar “SpaceX” raketasida Xalqaro fazo stansiyasiga yo’l oladi.

“Odamlar xavfsiz bo’lishini istaymiz. Shu bois, afsuski, ulardan Kennedi fazo markaziga parvozni ko’rish uchun bormaslikni so’rayapmiz”, - deydi AQSh Fazo agentligi, NASA rahbari Jim Braydenstayn.

“SpaceX” va NASAga ko’ra, koronavirus tarqalmasligi uchun parvozni uydan tomosha qilgan ma’qul.

Bu orada, Toronto universiteti xodimi, astronom Mett Russo quyosh tizimida planetalar harakatlashinining audio ko’rinishini yaratdi.

“Astronomiyaga juda qiziqadigan ko’zi ojiz odamlarni bilaman. Ular bilim jihatdan mendan qolishmaydi. Lekin vizual vositalar ularga yordam bermaydi. Boshqa yo’lini topish - mening vazifam”, - deydi u.

Russo va uning kompaniyasi yulduzlarning yorug’ligi va suratdagi galaktikaning joylashuvi kabi omillar asosida tasvirlarga audio qiymat belgilaydi.

“Qanday qidirishni bilsangiz, koinot ritm va garmoniyaga to’la. Aqlli bo’lsangiz, uni qanday tinglash yo’lini topasiz. Samodagi ushbu ohanglar tinglovchisini kutib turibdi”, - deydi Russo.

Uning kompaniyasi koinotni hamma uchun tushunarli qiladigan platforma yaratmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG