Breaking News

Tojikiston bir parcha yerini Xitoyga hadya qildi


Tojikiston bir parcha yerini Xitoyga hadya qildi
Tojikiston bir parcha yerini Xitoyga hadya qildi

Tojikiston hukumati bir asrlik hududiy tortishuvga yakun yasash maqsadida bir parcha yerini Xitoyga berib yubordi.

Mamlakat parlamenti qarorni bugun ma’qullagan.

Muammo XIX asrga, chor Rossiyasi davriga borib taqaladi.

Qo’shni davlat nazoratiga o’tayotgan maydon 1 ming kvadrat kilometr bo’lib, Pomir tog’larida joylashgan. U yerda qancha aholi yashaydi, bunisi noma’lum.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy kelishuvni diplomatik g’alaba deya ta’riflamoqda. Chunki Xitoy boshida 28 ming kvadrat kilometr maydonga da’vogarlik qilayotgan edi.

Tojikiston muxolifati esa hukumat qarorini qoralamoqda.

Islomiy Uyg’onish partiyasi rahbari Muhiddin Kabiriyning ta’kidlashicha, Xitoyga yer berish Tojikiston konstitutsiyaga zid harakat. Bu diplomatik g’alaba emas, deydi u, mag’lubiyat.

Ekspertlar nazarida Tojikistonning bir parchasi Xitoyga o’tgani bu davlatning Markaziy Osiyodagi ta’siri va kuchi kun sayin oshib borayotganidan dalolat beradi.

Dushanbeda o’tirgan rahbarlar, mintaqadagi boshqa liderlar singari Xitoy bosimi ostida, deydi tahlilchilar. Kichik davlatlarning unga gapini o’tkazishi qiyin.

Sarmoyaga talab kuchli. Bozorlar Xitoy mahsulotlariga to’la. Savdo-sotiq bobida har bir davlat bilan aloqalarini mustahkamlab kelmoqda.

Xitoy bilan hamkorlik qilish osonroq, deydi ekspertlar, chunki u davlatlarga biror siyosiy-ijtimoiy shart qo’ymaydi.

Umumiy qarash shuki, Xitoyning Markaziy Osiyoda erkinlik va demokratik taraqqiyot bilan ishi yo’q, asosiy maqsad iqtisodiy nufuzni oshirish.

XS
SM
MD
LG