Breaking News

Vashingtonda Markaziy Osiyoga nisbatan yondashuv xususida qizg'in bahslar


Vashington

Vashingtonda Markaziy Osiyo bilan bog’liq siyosiy munozaralarga ommaviy axborot vositalaridan tortib, tegishli davlatlar diplomatlari, xususan, elchilari ham taklif etiladi. Davra qizishi va muhokamadagi mavzular xususida muvozanatli tushunchaga ega bo’lish uchun.

Qozog’iston elchisi Erlan Idrissov har qanday davrada gapni ilib ketadigan, fikr va qarashlarini yashirmaydigan, o’z davlati manfaatlarini himoya qilish uchun bahslashishdan charchamaydigan diplomatlardan.

Tanqidni jilmayib, qunt bilan tinglaydi. Elchi gapga usta, hazilkash, Amerika mentalitetini yaxshi biladi, lekin javobni ona yurti mentalitetiga xos ravishda beradi.

Elchi Erlan Idrissov AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk bilan
Elchi Erlan Idrissov AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk bilan

“Biz qozoqlarni tushunish kerak”,- deydi u. Ko’chmanchi xalq madaniyatini bilmay turib, uning buguni va kelajagi haqida biror xulosa qilish qiyin.

Region xususidagi munozaralarda eng ko’p tilga olinadigan jihatlar bu uning qadim tarixi, boy madaniyati va san’ati, etnik xilma-xilligi, islom va e’tiqod, tabiiy boyliklari, geostrategik ahamiyati, demokratik rivojlanish sekinligi, erkinlik yo’lidagi to’siqlar, yakkahokimlik, chegaralardan o’tish qiyinligi, respublikalararo kelishmovchiliklar, terrorizm xavfi va qoradori savdosi.

Oq Uy
Oq Uy

Vashington azaldan mintaqaga umumiy bir nuqtayi nazardan qaragan. Davlatlar bilan turli sabablarga ko’ra, turli darajalarda muzokaralar olib borgan.

Keyingi yillarda, ayniqsa, Barak Obama prezidentlikka kelgach, har bir davlat bilan alohida muloqot yo’lga qo’yildi.

Davlat departametida Markaziy Osiyo uchun mas’ul rasmiylarning aytishicha, bu muntazam dialoglar Amerikaga har bir respublikani tushunish va unga o’z pozitsiyasini tushuntirish imkoniyatini beradi.

Fred Kemp, Atlantika Kengashi rahbari
Fred Kemp, Atlantika Kengashi rahbari

Lekin Vashintonda hamma ham bu fikrda emas.

Fred Kemp (Kempe), AQShdagi nufuzli nashrlardan biri “Wall Street Journal” gazetasining sobiq muharriri, siyosiy-iqtisodiy mavzulardagi o’tkir sharhlari bilan tanilgan tahlilchi va hozir Atlantika Kengashi rahbari.

Uning nazarida Obama ma’muriyati davlatlar bilan yakkama-yakka muloqot qilib, na region, na o’ziga foyda keltiradi.

Hozir, deydi Fred Kemp, Amerikaning O’zbekiston yoki uning qo’shnilari bilan hamkorligi va oradagi muzokaralar qisqa muddatni ko’zlaydi va “sizdan ugina, bizdan bugina” qabilida ish tutilmoqda.

Masalan, “Afg’onistonga yukimizni yetkazishda ko’maklashsangiz, sizga mana buni va’da qilamiz” degan mazmunda.

Mustahkam regional yondashuv kerak, deydi Fred Kemp. AQSh shunday strategiya bilan chiqish kerakki, Markaziy Osiyo birdamligi uchun hissa qo’shsin. Davlatlarni birga ishlashga undasin.

O'zbekiston
O'zbekiston
Qozog'iston
Qozog'iston
Qirg'iziston
Qirg'iziston
Tojikiston
Tojikiston
Turkmaniston
Turkmaniston

Ikki tomonlama aloqalar muhim, deydi u, lekin regional integratsiya xavfsizlik garovi, bundan Amerika manfaatdor.

Uning fikriga qo’shiladigan ekspertlar xavotiri shundaki, AQSh o’zi bilib-bilmagan holda bir-biri bilan ko’p sohalarda chiqisha olmaydigan davlatlar orasidagi shubha-gumonlarni oshirmoqda. Bu esa hech kimning manfaati uchun xizmat qilmaydi.

Lekin, deya bahslashadi qarshi tomonlar, suveren davlatlar bilan alohida gaplashish siyosiy zarurat.

Shubhalarning esa oldini ololmaysiz. Hayotning turli jabhalarida bo’lgani kabi xalqaro aloqalarda ham ular tabiiy hol.

Har bir davlat o’z pozitsiyasi, talab va qarashlariga ega.

Qozog’iston elchisi Erlan Idrissovning ham iddaosi shu.

“Markaziy Osiyoda rivojlanish sekin, ta’lim sohasi aziyat chekmoqda, odamlar nochor yashayapti, iqtisod chatoq deb umumiy xulosa qilish noto’g’ri”, - deya bahslashadi u.

Bu bilan elchi o’z vatani sha’nini himoya qilishga urinmoqda. U va Qozog’istonning boshqa rasmiylari qayerda bo’lmasin, respublika har jihatdan ilg’or deb keladi.

Amerika rasmiylari va siyosatdonlari iqtisodiy ko’rsatkichlarga qarab, bu haqiqat deya tan oladi.

Lekin Qozog’istonda tuzum demokratik talab va me’yorlarga javob bermasligi, korrupsiya keng tarqalgani, inson huquqlari muntazam ravishda buzilishini eslatishadi.

Bunga ham Idrissovning o’z javobi bor. Kamchiliksiz jamiyat yo’q, ularni tan olish kerak. Odamlar qanday jamiyatda yashayotganini o’zlari yaxshi biladi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG