Breaking News

Pokistondagi hazoralar hayotidan: Boquvchisidan ayrilgan oilalar


Hazoralar hayotidan: Boquvchisidan ayrilgan oilalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Hazoralar - Pokistonda ozchilikni tashkil etuvchi shia jamoalardan biri. Shia mazhabiga mansub bu elat konservativ hayot kechiradi. Odatda oilalarda erkak pul topadi, xotin uyda bolalarga qaraydi. Hazoralar sunniy jangari guruhlarning doimiy nishonida. Natijada boquvchisidan ayrilgan, yolg’iz qolgan ayollar ko’p.

Zahra va uning qizi pul topish uchun kunu-tun mehnat qiladi. Qo’shnilar ham ularga yordam bersa-da, yashashga zo’rg’a yetadi.

15 yoshli qiz qariyb bir yarim oydan beri yostiq jildini bezash bilan band. Chiroyli, lekin shuncha mehnatdan keyin mahsulot atigi 25 dollarga sotiladi. Pokistonda ona-bola tikish-bichish bilan arang kun ko’rmoqda.

“Qizimda qon infeksiyasi bor, lekin davolanishga qurbimiz yetmaydi. Bolalarim maktabga ham qatnamaydi, chunki o’qish uchun pul yo’q”, - deydi Zahra.

Kvetta shahrida boquvchisidan ayrilgan oilalar juda ko’p. Shia mazhabidagi hazoralarga qarshi sunniy jangarilar tomonidan hujumlar tez-tez ro’y beradi. Jamoa a’zolarini yuz tuzilishi, yurish-turishiga qarab boshqalardan ajratish ham oson.

Hazoralar - konservativ jamoa. Odatda ayollar uyda, erkaklar esa kun bo’yi ishlaydi. Oqibatda jamoat joylarida ro’y beradigan portlashlar, terror xurujlarida asosan erkaklar halok bo’ladi. Ayollar eridan, bolalar otasidan ayriladi.

Shakar Niso turmush o’rtog’i tirikligida hayoti but edi. Uni otib o’ldirishgach, xizmatkor bo’lib ishlashga majbur bo’ldi. Bir oyda 50 dollar pul topadi.

“Ijara 25 dollar, uy to’lovlari yana 25 dollar. Bir oy ishlab topgan pulimni uy egasiga beraman”, - deydi u.

Ayolning o’g’li ham maktabni tashlab, ofitsiant bo’lib ishga kirdi. Kuniga ikki dollar topadi. Oila choy-non bilan kun ko’radi.

Zo’ravonlik sabab bu oila nafaqat moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda, balki bolalarni ta’lim olish imkoniyatidan ham ayirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG