Breaking News

Tramp va Kim Xanoyda uchrashdi


Tramp va Kim kechki ovqat paytida
Tramp va Kim kechki ovqat paytida

AQSh Prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un to’qqiz oydan so’ng yana uchrashishdi. Tomonlar ilk bor o’tgan yili 12-iyunda Singapurda ko’rishgan edi, bu galgi sammit Vyetnam poytaxti Xanoyda bo’lib o’tmoqda.

Tramp va Kim kechki taomni birga baham ko’rdi.

“Rais Kim bilan uchrashish men uchun sharafdir. Vyetnamda bizni yaxshi kutib olishdi. Birinchi uchrashuvimiz yaxshi o’tgan edi. Bu galgisi ham shunday yoku undan ham yaxshiroq bo’ladi degan umiddaman”, - dedi Tramp.

Ziyofat paytida Kim ham o’xshash gaplarni aytdi. Asosiy uchrashuv 28-fevralga belgilangan.

“Ertaga juda ham tig’iz kun bo’ladi. Ko’p narsalarga kelishamiz, uzoq muddatli yechimga erishamiz degan umiddaman”, - dedi Tramp.

AQSh delegatsiyasi tarkibiga Davlat kotibi Mayk Pompeo va Oq uy boshqaruvchisi Mik Malveni kirgan. Shimoliy Koreya rahbariga esa uning o’rinbosari Kim Yon Chol va Tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo hamrohlik qilmoqda.

Tramp ushbu uchrashuvda yadroviy qurolsizlanish masalasi bo’yicha kelishuv bo’lishiga ishonch bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG