Breaking News

Erdog'an Turkiya tashqi siyosatiga tuzatish kiritadimi?


Turkiyada saylovdan keyin tuzilgan yangi vazirlar mahkamasi
Turkiyada saylovdan keyin tuzilgan yangi vazirlar mahkamasi

Turkiyada yangi muddatga saylangan Prezident Rajab Toyib Erdog’anning tashqi siyosati qanday bo’ladi? Ayrim tahlilchilar nazarida, Erdog’an tashqi siyosati yordamida Turkiyani qudratli davlatga aylantirmoqchi.

“Turkiyaning dunyodagi o’rni” degan qo’shilmaslik siyosatini targ’ib qiluvchi strategik muxtor g’oyaning davomini ko’ramiz degan fikrdaman. Prezident Erdog’an Turkiyani qudratga to’layotgan kuch deya ko’radi. Saylov kampaniyasi ham shu g’oyaga asoslangan edi. Unga ko’ra, 21-asr Turkiya asri bo’ladi, NATOga ko’r-ko’rona ergashilmaydi”, - deydi Vashingtondagi Brukings tahlil institutining turk eksperti Asli Oydintoshbosh.

Erdog’anning qasamyod marosimida qatnashish uchun Anqaraga borgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiyadan Shvetsiyaning a’zolikka arizasini ma’qullashni so’rarkan, alyansning kelasi oy Vilnyusda bo’ladigan sammitida bu mamlakatni yangi a’zo sifatida qarshilashga shoshilmoqda.

Unga ko’ra, Stokgolm Anqaraning terror guruhlarini ta’qibga olish iltimosini qondirdi.

“Bir necha kun burun terrorizmga qarshi yangi qonun kuchga kirdi. Shvetsiya majburiyatlarini bajardi”, - dedi Stoltenberg.

Anqaradagi Tashqi siyosat instituti direktori Husayn Bog’chining aytishicha, Erdog’an Rossiya bilan aloqalarni chuqurlashtirishga intiladi.

“Erdog’an va Putin yaxshi do’st. Ikki mamlakat aloqalari keyingi besh yilda yanada kuchayadi. Putin do’stining keyingi 5 yilga saylanganidan juda xursand”, - deydi siyosatshunos.

Putin yoqilg’i uchun milliardlab dollar miqdoridagi to’lovlarni kechiktirishga ko’nib, Erdog’anning saylov kampaniyasiga katta yordam berdi. Biroq tahlilchilar nazarida, Erdog’an yangi prezidentlik muddati davomida Vashington bilan aloqalarni tiklashga harakat qiladi.

“Erdog’an va uning maslakdoshlari Erdog’anni Vashingtonda qarshilashlariga, balki davlat tashrifi bilan taklif etishlariga umid qilib, shuning asosida ikki davlat munosabatlarini jonlantirmoqchi”, - deydi Istanbuldagi Qodir Has universitetidan Serhat Guvench.

AQSh bilan aloqalarning yaxshilanishi qiyin kunlarni boshdan kechirayotgan turk iqtisodiyotiga yordam berishi mumkin. Biroq hozircha buning uchun rahbarlar o’rtasida iliqlik yetishmaydi.

“Turkiya Vashington uchun boshog’riq hozir va shunday bo’lishda davom etadi. Aloqalar zo’r emas. Prezidentlar Erdog’an va Bayden deyarli gaplashmaydi, yuz ko’rishmaydi”, - deydi Oydintoshbosh.

AQSh-Turkiya aloqalari Anqaraning Rossiyaga munosabati G’arb istaganidek o’zgarsagina yaxshilanadi, biroq Erdog’an hozir bunga tayyor emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG