Breaking News

AQSh Turkiya fuqarolariga viza berishni vaqtincha to'xtatdi


AQShning Anqaradagi elchixonasi
AQShning Anqaradagi elchixonasi

Qo'shma Shtatlar Turkiya fuqarolariga noimmigratsion vizalar berishni vaqtincha to'xtatdi.

AQShning Anqaradagi elchixonasi chiqargan bayonotga ko'ra, Turkiya hukumati AQSh diplomatik idoralari va xodimlari xavfsizligini ta'minlay olmayapti. Viza xizmatlari qachon tiklanishi aytilmagan.

"Masalani ko'rib chiqar ekanmiz, elchixona va konsulliklarimizga murojaat qilayotganlar sonini kamaytirish maqsadida Turkiya bo'ylab joylashgan AQSh diplomatik muassasalar viza berishni to'xtatadi", - deyiladi bayonotda.

O'tgan hafta Turkiyada AQSh konsulligi xodimi, turk fuqarosi Metin Topuz hibsga olingan edi. U AQShda yashovchi dindor Fathulla Gulenning tashkiloti bilan muntazam aloqada bo'lganlik, josuslik va konstitusiyaviy tuzumni ag'darishga uringanlikda ayblanmoqda. Anqara Gulenni 2016-yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan davlat to'ntarishi ortidagi shaxs deb biladi.

Vashington Metin Topuzning hibsga olinishini qoralab chiqqan. Fathulla Gullenni Turkiyaga ekstraditsiya qilish talabi ham rad etilgan. Bir paytlar Prezident Rajab Toyib Erdog'anning ittifoqchisi bo'lgan Gulen unga qo'yilgan ayblovlarni inkor etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG