Erdog'an Suriyada kurdlarga havodan qurol uzatilishini tanqid qilmoqda
Amerika Ovozi

Kobani shahri, Suriya
AQSh Mudofaa vazirligining bildirishicha, Suriya shimolida jangarilarga qarshi kurashayotgan kurdlar uchun havodan tashlangan qurol va o'q-dorilarning bir qismi jihodchilar qo'liga tushgan.
"Havo kuchlari bir qismini yo'q qilishga ulgurgan", - deydi Pentagon matbuot kotibi Stiv Uorren.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an AQShning kurdlarga qurollarni havodan tashlaganini tanqid qildi.
"Agar qurollarning bir qismi jangarilar qo'liga tushadigan bo'lsa, bu ishdan foyda yo'q", - dedi u.
Erdog'an Kobani shahri AQSh uchun nega bunchalik ahamiyatli ekanini tushunmasligini ham bildirdi.
"Axir shaharda aholi qolmagan", - deydi u.
Turkiya rahbari nazarida suriyalik kurdlarga berilayotgan yordam uning mamlakatiga qarshi mustaqillik uchun 30 yildan beri jang qilayotgan Kurdiston ishchilar partiyasini kuchaytiradi.
Britaniyadan turib Suriyadagi vaziyatni yorituvchi inson huquqlari tashkiloti bergan ma'lumotlarga ko'ra, AQSh yetakchiligidagi koalitsiyaning bir oylik havo hujumlari natijasida shu paytgacha, 553 odam o'lgan, aksariyati - 464 kishi "Islomiy davlat" va al-Nusra fronti guruhlari jangarilari, 32 nafari oddiy fuqaro.
Tashkilot nazarida aslida bundanda ko'p jangarilar o'lgan bo'lishi mumkin, biroq harbiy harakatlar ketayotgan bir paytda buni aniqlash oson emas.
22-sentabrdan beri Suriyada koalitsiya samolyotlari 200 dan ko'p marta zarba bergan. Iroqda esa "Islomiy davlat" 300 bor nishonga olingan. Havo hujumlarida ayrim arab davlatlari ham ishtirok etmoqda.
Turkiya kurdlari qo'shni davlatdagi urushda o'lgan elatdoshlariga motam tutmoqda
1/14
Suriyaning Kobani shahri bir necha kundan beri jang maydoni. "Islomiy davlat" bilan qonli urush ketmoqda.
2/14

3/14

4/14

5/14

6/14

7/14

8/14

9/14

10/14

11/14

12/14

13/14

14/14

Previous slide
Next slide
Amerika Ovozi
"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.