Breaking News

Turkiyada prezidentlik saylovlari iyun oyida o’tkazilarkan, Rajab Toyib Erdog’anning raqiblari ommaviy axborot vositalari prezident ta’siri ostida deya norozilik bildirmoqda. Turkiya prezidentligiga yana ikki nomzodlarning saylovoldi chiqishlarini ommaviy axbot vositalari atayin yoritilmaganidan norozi.

“Yalova shahrida miting o’tkazdik. Yaqin 40 yillar ichida u tomonlarga bunaqa ishlar bo’lmagan. Lekin Turkiya teleradiosi buni yoritmadi. So’nggi bor ogohlantiraman, gapimni qaytarmayman”, - deydi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) ning asosiy raqibi Muharram Inch, mamlakatning shimoli-g’arbidagi miting xalqqa uzatilmaganini ochiqdan-ochiq tanqid qilarkan.

“Davlat telekanallari otangni bog’i emas, 80 million odamga tegishli tashkilot”, - deydi u.

Ommaviy axborot vositalari Erdog’anning yana bir raqibi Meral Aksenerning mitinglari ochilishini ham ataylab yoritilmagan. Tasvirlarda uning chiqishlarida hech kim yo’qday, bo’sh o’rindiqlar olingan. Erdog’anning chiqishlari esa mamlakat bo’ylab davlat va nodavlat telekanallari jonli uzatib borgan.

Turkiyadagi 90 foiz axborot manbalari bevosita va bilvosita Prezident Erdog’an va uning Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (AKP) nazoratida.

“Xalqning axborotga ega bo’lish huquqi talabga javob bermaydi. Qalam sohiblari va OAV rahbarlarini sotib olish mumkin. Ular davlatning kayfiyatiga qarab axborot yasaydi”, - deydi Jumhuriyat Xalq partiyasi lideri Kemal Qilichdaro’gli.

Rajab Toyib Erdog’an bir necha hafta ilgari prezidentlik va umumiy saylovlar oldidan mamlakatdagi eng yirik midiya tashkiloti, Dogan Xolding bilan bog’langan va prezident bilan yaqin aloqada bo’lgan tabdirkor bu tashkilotni sotib olgan. Navbatdagisi esa "Hurriyat" gazetasi. Uning tahririyatida uzoq yillar faoliyat olib borgan tajribali mutaxassislar o’rni Erdog’an manfaati uchun ishlaydigan jurnalistlar bilan almashtirilgan degan tanqidlar kezib yuribdi.

“Saylov oldidan shunaqa ahvoldamizki, "Hurriyat" kabi gazetalar Erdog’anni faqat ijobiy jihatlari haqida gapirmoqda. Bu xalqning fikr va qarashlariga ta’sir etmasdan qo’ymaydi, lekin qancha odamga ta’sir qiladi buni o’lchab bo’lmaydi”, - deydi Global manbalalar hamkorligi tashkilotining siyosiy sharhlovchi Atilla Yesilada.

Saylovlar paytida axborot manbalari adolatli ish olib borilishini Turkiya qonunlari bilan mustahkamlangan. Turkiya teleradiosi davlat agentligi (RTUK) uning ijrosini nazorat qiladi. Lekin uning qay tarzda ijro etilishi katta savol.

“Xolislik yo’q. Kengash a’zolarini olaylik masalan, deyarli hammasi hukumatdan”, - deydi huquqshunos professor Yaman Akdeniz.

Muharram Inch Turkiyada eng ko’zga ko’ringan siyosatchilardan va mashhurlikda “Twitter”da Erdog’andan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Inchning saylov kampaniyasi jarayonida o’z maqsad va rejalarni xalqqa yetkazishda aynan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.

OAVga Erdog’anning hukmronlik qilishi ijtimoiy tarmoqlarni kuchli axborot manbaiga aylantirib yubordi.

“Hukumat axborot vositalari tizimidan ishdan ketganganlar yoki Erdog’an manfaatlari uchun ishlaydigan tahririyatlardan chetlashtirilgan gazetalar ijtimoiy tarmoqlarda o’z sahifalarini ocha boshladi, internetda chiqishlar qila boshladi. Hozirgi turklar avlodining 70 foizi internetga qattiq bog’lanib qolgan. Ular yangiliklarni faqatgina ijtimoiy tarmoqlardan oladi. Ular hatto gazeta ochishni bilishmaydi”, - deydi, tahlilchi Yesilada.

Xolis axborot oqimi xorijiy manbalarda ham ko’p.

“Internet hech qanday kuch ta’sirida bo’lmagan yangiliklar maydoniga aylangan. Odamlar BBC, “Amerika Ovozi”, DW ning har biridagi turk xizmatlari uzatayotgan ma’lumotlarga, ularning sifati va xolisligiga ishonadi. Bundan Turkiya hukumatining o’zi ham xalq ham albatta xabari bor”, - deydi Akdeniz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG