Breaking News

Turkiya vaziri Kobulda tinchlik, afg’on-turk maktablari haqida gaplashdi


Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim va Afg'oniston Bosh ijrochisi Abdulla Abdulla

Turkiya Afg’onistonning Tolibon bilan shartsiz muzokara qilish tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Kobulga rasmiy safari chog’ida bayon qildi.

“Toliblar bu tarixiy va noyob imkoniyatdan foydalanib qolishi, tinchlik sari qadam tashlashi lozim”, - dedi u Afg’oniston Bosh ijrochisi Abdulla Abdulla bilan matbuot anjumanida.

Tolibon mazkur taklifga javob berganicha yo’q. Harakat ichida muhokamalar ketayotgan bo’lishi mumkin.

Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’anining jangarilar bilan muzokara qilish taklifini dunyoning ko’plab davlatlari olqishlamoqda. O’zbekiston, xususan, tomonlar o’rtasida bevosita muloqotga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Afg’on-turk maktablari

Fathulla Gulenga qarashli deb iddao qilinayotgan afg’on-turk maktablarining Turkiya Maorif Jamg’armasiga topshirilayotganidan Anqara mamnun. Bosh vaziri Binali Yildirim Kobulda bu mavzuda ham gaplashgan.

Ikki tomonlama bitimga ko’ra, ushbu maktablar Turkiya ixtiyoriga topshirilishi kerak. Kelishuv imzolanganidan beri bu ishlar ancha tezlashgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Turkiya hukumati 120 nafar yangi o’qituvchilarni Afg’onistonga olib kelgan va ular maktablarga joylashtirilishi kutilmoqda.

O’quvchilardan olinayotgan to’lovlarni kamaytirish, maktablar sonini ikki baravar ko’paytirish, jahon standartlariga moslash Turkiya Maorif Jamg’armasi tomonidan berilyotgan va’dalar sirasiga kiradi.

8-aprel kuni Bosh vazir Binali Yildirimning Kobulga safari munosabati bilan, poytaxtda yig’ilgan afg’on-turk maktablari o’quvchilari va oila a’zolari maktablarning Turkiyaga topshirilishini keskin qoralagan.

Ular afg’on hukumatini siyosiy bosim ostida qaror qabul qilmaslikka, masalani qonuniy yo’l bilan hal etishga chaqiradi.

Bir vaqtlar Turkiya rahbari bilan ittifoqchi bo’lgan imom Fathulla Gulen hozir AQShda yashaydi. Uning Turkiyadagi izdoshlari keskin ta’qib ostida. Afg’onistonda 23 yildan beri Gulenga qarashli deb ko’rilgan maktablarning Turkiyaga topshirilishi bilan butun tashkilot o’zgarmaydi, deydi rasmiylar. Faqat direktorlar yangilanadi.

Afg'onistondagi turk maktablarining taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG