Breaking News

BMT: Birma musulmonlarning fuqarolik masalasini hal qilsin


BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun Birmada Roxinya musulmonlarining ayanchli ahvoliga e’tibor qaratib, hatto ularga fuqarolik berilsin, deya ishora qilmoqda.

Pan Gi-Mun BMT qarorgohida diplomatlar oldida nutq so’zlab, Birmadagi etnik to’qnashuvlarda so’nggi bir yilda 200 ming odam halok bo’lgani, yana 140 ming nafari boshpanasiz qolganidan chuqur tashvishda ekanini bayon qildi.

Xalqaro organ nazarida, Roxinya xalqi dunyoda eng ko’p ta’qibga uchragan ozchilik guruhlardan biridir. Birmada ular fuqarolikdan va fundamental huquqlardan mahrum. Bu yurtda ularni Bangladeshdan kelgan noqonuniy immigrantlar, deya kamsitishadi.

BMT rahbari Burma hukumatini musulmon aholi dardiga quloq tutishga, fuqarolik masalasini hal qilish uchun zarur choralarni ko’rishga undadi.

“Prezident Teyn Sheyn etnik zo’ravonlik ortida turganlar jazoga tortilishini ta’minlasin, g’alayonga turtki bergan keskinlikni yumshatishga harakat qilsin”, - deydi Pan Gi-Mun.
Bu muammolar hal etilmas ekan, jamiyatdagi bo’linish yana qon to’kilishiga olib keladi va Birma boshlagan islohotlarni izdan chiqaradi, deydi u.

Buddistlar va ozchilikdagi musulmonlar o’rtasidagi ixtilof o’tgan yildan beri davom etmoqda. O’n minglab Roxinya musulmonlari xarob ahvolda, palatkalarda hayot kechiradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG