Breaking News

Markaziy Amerika davlatlaridan yo’lga chiqqan muhojirlar karvoni AQSh-Meksika chegarasiga yetib kelgan. O’z vatanidagi tahdiddan qochib kelayotganlar ertasi nima bo’lishini bilmaydi. Ularning deyarli barchasi AQSh hukumatidan boshpana so’ramoqda.

Muhojirlar karvoni AQSh chegarasiga yetib kelgan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

Yo’l-yo’lakay talon-tarojlarga uchrab, uch hafta deganda AQSh-Meksika chegarasiga yetib kelgan Mario Ernandez kabi muhojirlar aniq maqsad bilan yo’lga chiqqan.

Doimiy ta’qiblardan qo’rqib, o’z uyidan qochishga majbur bo’lgan markaziy amerikaliklar AQShdan boshpana so’ramoqda.

Gvatemaladagi Maras jinoiy to’dasi Ernandezning ikki farzandini o’ldirgan. U boshqa shaharga ko’chib o’tsa-da, doimiy tahlika ostida bo’lgan. U Amerikaga qochishdan boshqa chorasi qolmaganini aytadi.

“Biznesingiz bo’lsa-yu, ularning ulushini berib turmasangiz, do’q qilishadi, vaqtida pulni yetkazmaganlarni o’ldirib ketishadi, bizda vaziyat shunaqa”, - deydi u.

Uchrab qolsa, mashina yoki poezd, uchramasa bir necha kunlab yayov yurib Amerika ostonasiga kelganlar chegarachilarga gumanitar viza olish uchun murojaat qildi. Bunga sabab, AQSh bundan buyon boshpana berishni istamayotgani haqidagi gaplar edi.

Prezident Donald Tramp AQShdan boshpana so’rayotganlar Amerika hududiga kirishdan avval muayyan tekshiruvlardan o’tishi, o’z vatanida haqiqatda tahdid ostida ekanini isbotlamaguncha maxsus joylarda saqlanishi, mamlakatga kiritilmasligi kerak demoqda.

AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati chegaradan qonuniy o’tish muhimligiga alohida urg’u bermoqda.

“Kirish portida o’z shaxsini tasdiqlasa, o’shandayoq nima uchun kelayotganini ochiq aytsa, bu boshqa gap. Chegaradan noqonuniy yo’llar bilan kirish esa mutlaqo yaramaydi”, - deydi AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati ofitseri.

23 yoshli Merlin Sausida noqonuniy yo’l bilan kirgani uchun deport qilingan. Lekin u qaytib keldi. Uning otasini jinoiy to’dalar o’ldirib ketgan, endi uning izidan tushishganini aytib boshpana so’rayapti. Vataniga qaytib ketmoqchi emas.

“Qasos oladi deb otamning qotillari meni poylab yurishibdi”, - deydi u.

Sausida boshpana so’rash borasida hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini tushunmasligini tan oladi. Lekin bu safar uning so’nggi umidi.

Muhojirlar karvoni chegaraga yetib kelgan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG