Breaking News

Obamaning iqtisodiy takliflari Senatdan o'tmayapti


Prezident Obama ishsizlikni kamaytirish asosiy masala deya ta'kidlab kelmoqda
Prezident Obama ishsizlikni kamaytirish asosiy masala deya ta'kidlab kelmoqda

AQSh Senati mahalliy hokimiyatlarga qo’shimcha mablag’ ajratmoqchi emas. Obama ma’muriyati o’qituvchilar, politsiya va o’t o’chiruvchilar uchun 35 milliard dollar so’rayotgan edi.

Obamaning iqtisodiy takliflari Senatdan o'tmayapti
Obamaning iqtisodiy takliflari Senatdan o'tmayapti

Maktablarda dars berayotgan, jinoyatchilarga qarshi kurashayotgan va tabiiy ofatlarga javob berayotganlar soni endi qisqaradi.

O’qituvchilar, huquq-tartibot va tez yordam-o’t o’chiruvchilar qonunchilardan norozi. Byudjetdan mablag’ ajrating, deydi ular.

Yaqinda ishidan bo’shatilgan o’qituvchi Shirin Akbariy uysiz qolishi mumkin. O’quvchilarim nima bo’ladi, deydi u.

”Aziyat chekayotganlar – o’quvchilar. Gap menda yoki mening ishsiz qolishimda emas”,- deydi muallima.

Vitse-prezident Jo Bayden o'qituvchilar, o't o'chiruvchilar va policiya tarafida
Vitse-prezident Jo Bayden o'qituvchilar, o't o'chiruvchilar va policiya tarafida

Konnektikut shtatidan politsiyachi Jennifer Pirs huquq-tartibot ustuvor masala deydi.

“Politsiyachilar soni kamaysa, ko’chalarni kim nazorat qiladi? Jinoyatchilik ko’payadi. Aslida, bunday jarayon allaqachon kuzatilyapti”,- deydi zobit.

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden namoyishchilar tarafida. Byudjetni qisqartirish vaqtincha chora, deydi u, ammo oqibatlari ayanchli.

“Bolalar bog’chalarining yopilishi muvaqqat chora emas, chunki u yosh avlod hayotiga ta’sir qiladi. Jinoyatchilar uyga hujum qilsa yoki o’marsa, politsiya mashinasi u yerga besh daqiqada yetib keladimi yoki yarim soatdami? Senat yetti o’lchab bir kesishi kerak”,- deydi vitse-prezident Bayden.

AQSh Kongressi
AQSh Kongressi

Prezident Barak Obama yangi ish joylarini yaratish uchun qonunchilardan 476 milliard dollar so’ragan. Senat yo’q deb turib olgan. Endi esa Obamaning safdoshlari, demokratlar taklifni birma-bir ko’rib chiqmoqda.

Respublikachilar ishsizlikka qarshi qo’shimcha mablag’ ajratmoqchi emas.

Mitch MakKonell - Senatda bu partiya yetakchisi.

“Prezident Kongressdan ishsizlikka qarshi keskin chora ko’rish kerak deb qayd etsa-da, bizga mujmal bir loyiha uzatdi. Qarz va hukumat xarajatlarini oshirishni ko’zda tutadi bu taklif, ish o’rinlari yaratishni emas”,- deydi senator.

Respublikachilar badavlat amerikaliklarga kattaroq soliq solishga ham qarshi.

“Soliqni oshirish bilan iqtisodimiz kuchaymaydi. Ish o’rinlari kamayadi”, deydi respublikachi senator Jon Kayl.

Respublikachilar nazarida xarajatni kamaytirish va eng muhimi, xususiy sektor ustidan nazoratni kamaytirish kerak.

O’qituvchilar va politsiyachilar jamoatchilikni Senat qarorlariga qarshi turishga undamoqda.

Ommaviy murojaatlar, siyosiy reklama.

Prezident Barak Obama Senatni murosaga chaqirmoqda.

”Xalq muammolarga yechim kutmoqda. Hammaning dardi ish va tirikchilik”,- deydi Obama.

Ko’pchilik amerikaliklar federal hukumat ish joylarini saqlab qolish uchun qo’shimcha mablag’ ajratishi kerak degan fikrda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG