AQSh vatanini tark etishga majbur bo’lganlarni himoya qilib keladi

  • Amerika Ovozi

AQSh hukumati dini, irqi, millati, yoki siyosiy qarashlari tufayli o’z vatanini tark etishga majbur bo’lganlarga boshpana berib, himoya qilib keladi. Nyu-Jersey shtatida AQSh hukumatidan najot so’rab, ishi ko’rilayotganlar uchun maxsus muhojirlar uyi bor.

Muhammad G'abir AQSh hukumatidan boshpana so’rab murojaat qilgan hujjatsiz muhojir. U davlat ta’minotidagi maxsus muhojirlar uyida yashayotganlardan.

Bu yerdagilar kundalik ishlar bilan mashg’ul. Sudda ishi ko’rilayotganlar ishlaydi, xarajatlarni to’laydi.

Misrlik Muhammad, endigina Nyu-Jersey shtatidagi immigratsion hibsxonadan ozodlikka chiqdi.

“Tinchgina shu yerda qolmoqchiman, Amerikada xotirjamman, tinchman… Boshqa narsa kerakmas…”, - deydi u.

Muhammad ilk bor 2015-yilda oilasiga xiyonat deya rafiqasining qarindoshlari qilgan o’lim po’pisasidan qochib boshpana so’ragan. Ammo rad javobi olgach Misrga qaytgan. Unga jinsini o’zgartirgan ayol bilan aloqasidan xabar topganlar hujum qilib, qiynoqqa solgan. Shundan so'ng yana AQShda.

“Meni tutib, politsiya mahkamasiga olib kelishdi, rosa do’pposlashdi. O’lar holatdagi kaltaklardan keyin bilmayman… yiqildim. Hech narsani sezmay qoldim. Komaga tushgan bo’lsam kerak”, - deydi Muhammad.

U biroz pul, hujjatlarini olib Misrdan chiqib ketgan. AQSh aeroportidayoq boshpana so’raganida Immigratsiya xizmati Muhammadni Nyu-Jersidagi hujjatsiz muhojirlarni markazida olib ketishgan. Uni 9 oycha ushlab turishdi.

“Qamoqda bo’lsa ham, menga shu yerda yashash afzal”, - deydi u.

AQShdan boshpana so’raganlar uchun ajratilgan joyda yashovchilarga ish, uy-joy topish va huquqiy xizmatlar ko’rsatiladi.Boshpana so’rayotganlar o’z vatanida haqiqatdan hayotga xavf tug’diruvchi omillar borligini isbotlay olishi zarur.

Muhammad G'abirning ishi bu safar muvaffaqiyatli tugab u hujjatsiz muhojirlar uyini tark etdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG