Breaking News

AQSh xayriya tashkilotlari muhojir bolalarga yordam ko'rsatmoqda


Texasning Makallen shahrida mahalliy cherkov tomonidan tashkil etilgan vaqtinchalik muhojirlar markazi, 27-iyun, 2014-yil.
Texasning Makallen shahrida mahalliy cherkov tomonidan tashkil etilgan vaqtinchalik muhojirlar markazi, 27-iyun, 2014-yil.

Amerikaning janubiy chegaralari Markaziy Amerikadan oqib kelayotgan immigrantlarga to’lib bormoqda. Ularning, taxminan, 57 ming nafari yolg’iz bolalar. Chegara yaqinidagi muhojir markazlari juda gavjum. Rasmiylar har kuni yuzlab yangi kelganlarni qabul qilish bilan ovora bo’lsa, diniy va xayriya tashkilotlari hamda ko’ngillilar insonparvarlik yordami ko’rsatishga urinmoqda.

Muhojirlarga ko'mak, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00
Yuklab oling

Rio Grande vodiysi katolik xayriya jamiyati chegarani kesib o’tgan muhojirlarga xizmat ko’rsatuvchi katta inshootga ega. Texas shtatining Makallen shahridagi bu muassasa har kuni 200 odamga yordam beradi, deydi uning rahbari Ermana Pimentel.

“Ularni bu ahvolda ko’rish achinarli. Bu odamlar yuvinishga, oziq-ovqatga hamda kiyim-kechakka muhtoj. Ko’ngillilarimiz darhol yordam berishni boshlashdi. Mahalliy oilalar ham avtobus bekatiga borib, ularga ko’p narsalar berishdi”, - deydi u.

Muhojirlar salomatligini tekshirishda xayriya tashkiloti hukumat bilan hamkorlikda ishlaydi.

Shifokor Marsela Rioxasning aytishicha, kelganlarning 90 foizi qattiq toliqqan va holsiz. Agar jiddiy kasallar bo’lsa, tez tibbiy yordam xonasiga jo’natiladi. Homiladorlikning so’nggi bosqichida bo’lgan ayollar ham bor. Ular hech qanday tibbiy yordamsiz bir oydan ortiq yo’l bosib kelgan.

“Safarning o’zi har qanday odam uchun juda xatarli. Homilador bo’lish esa xavf darajasini yanada oshiradi. Chunki bunday odam qanaqa tibbiy yordam kerakligini bilmaydi. Ularning oldindan sog’liq muammosi ham bo’lishi mumkin. Homiladorlikning so’n’ggi bosqichida bo’lishning o’zi, so’ng tug’ish, vujudga jismoniy zarar yetishi, jismoniy tazyiqlar, bularning barchasi ular hayotini og’ir xatarga qo’yadi”, - deydi shifokor.

Chegarada qo’lga olingan muhojirlar Makallen shahriga olib kelinadi. Nazoratchi sifatida tajribaga ega Karl Xenderson deydiki, har bir odam uchun 4-5 soat ketadi.

“Bu odamlarning har biridan barmoq izlari olinishi, so’ng suratga tushirilishi kerak. Buni bolalar bilan qilishni o’ylab ko’ring. Balog’atga yetmaganlar bilan ishlash bo’yicha yoshiga qarab qoidalar har-xil. Firibgarlik holatlari ham ko’p. Bir o’zi kelayotgan odam yo’lda yolg’iz bolalarni ko’rib qolsa, ular bilan kelishadi. Men sening tog’ang bo’laman, otang bo’laman, birga topshiramiz, deydi. Agar bir o’zing bo’lsang, sen ham, men ham alohida qamoqqa kiramiz va u yerdan chiqishga bir necha oy vaqt ketadi, deyishadi ular”, - deydi u.

Xendersonning aytishicha, AQShga muhojirlarni noqonuniy olib kelish bilan shug’ullanuvchi jinoiy to’dalar qo’lida ko’plab odamlar mayib-majruh bo’ladi. Ayollarning uchdan biri yo’lda zo’rlanadi. Hatto bolalar ham jinsiy tajovuzga uchraydi. AQSh chegarasigacha yetib kelganlar esa butunlay boshqa odamlarga aylanishi mumkin. Chunki bir oylik safar davomida ular boshdan o’tkazgan qiyinchiliklar inson tabiatini butkul o’zgartirib yuborishi mumkin.

Muhojirlar boshini silayotgan tashkilotlar - Immigrants/Charity
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG