Breaking News

Vashington choyxonasi: AQSh prezidenti inauguratsiyasi qanday o'tadi?


Amerika siyosiy sahnasi katta o’zgarishlar bo’sag’asida turibdi. Respublikachilardan Donald Tramp kutilmaganda demokrat raqibi Hillari Klintonni mag’lub etib, AQSh prezidenti etib saylandi. 19-dekabr kuni elektorlar hay’ati Trampga kerakli 270 ovozni berib, uning prezident etib saylanganini rasman tasdiqladi.

Tramp rasman prezidentik vazifasiga kirishishi uchun, uni AQSh prezidenti deb e’lon qilishlari uchun yana bitta marosim bor. Bu qasamyod keltirish yoki inauguratsiya marosimi deb ataladi.

Barcha davlatlarda bo’lgani kabi AQShda ham yangi saylangan davlat rahbari o’z vazifasiga kirishishidan oldin qasamyod keltiradi va bu tadbir bir necha asrlardan beri Amerika siyosiy hayotida alohida bir katta tadbir va an’ana ko’rinishini olgan. Ilk inauguratsiya qachon bo’lgan, AQShdagi prezidentlik inauguratsiyasining qanday o’ziga xos jihatlari bor? Donald Trampdek arbobning prezident bo’lishi bu tadbirga qanday o’zgarish yoki o’ziga xoslik olib kelishi mumkin?

"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida shu mavzuni muhokama qildik. To'liq videoni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: Donald Tramp inauguratsiyasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:16:06 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG