Yetakchi internet kompaniyalar Kongressda savolga tutiladi

  • Amerika Ovozi

Rossiya ijtimoiy tarmoqlarda yolg’on xabarlar tarqatib, AQShda 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga ta’sir qilishga harakat qilgani tobora ayonlashib bormoqda. Facebook, Google va Twitter kompaniyalaridan advokatlar Kongressga chaqirtirilgan. Ular qonunchilar savollariga javob beradi.

Facebook qarorgohi - Kaliforniya. Kompaniya yanada kattalashib borayotgani har yoqda seziladi.

Biroq Facebook va unga o’xshagan boshqa internet kompaniyalar xizmatlaridan Rossiya siyosiy maqsadda foydalangani, bu hol yana takrorlanishi yuzasidan xavotirlar kuchli.

Facebook haligacha javobgarlikni bo’yniga olgani yo’q. Saylov paytida ular propaganda maqsadida ishlatilgan. Saylov jarayonini ular orqali o’zgartirishga urinish bo’layotganini bilishgan”, - deydi professor Anna Ravel.

U federal saylov komissiyasida ishlagan.

“Ochiqlik, shaffoflik bo’lishi kerak”, deydi suhbatdosh.

Xorijiy agentlar Google, Facebook va Twitter orqali saylovga qanchalik ta’sir etgan? Kongress ham, oddiy amerikaliklar ham bu savolga javob qidirmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlar hamma uchun ochiq. Siyosatga kelganda, bu muammolar yaratishi oldindan ma’lum. Istagan odam - rostmi, yolg’onmi - internetda istagan narsasini yozaveradi. Soxta xabarlarga ishondiganlar topiladi”, - deydi bir amerikalik.

Facebook javobgarlikni zimmasiga olishi darkor”, deydi yana bir fuqaro. -Demokratik tizimga xavf solishayotganini bilsangiz, qarab turasizmi? Tizimni himoya qilish kerak”, deydi u.

“Nazarimda, Facebook kompaniyasini jazolash kerak”, deydi bu amerikalik. - Saylov natijasini o’zgartirishda ular qatnashganmi, demak aybdor”, deb hisoblaydi u.

“Global tarmoq demokratik tizim uchun o’ziga xos muammolar yaratdi. Internet ovozsiz odamlarga ovoz berdi, deb hisoblar edik. Ko’rib turibmizki, odamlarga istagan narsani gapirishga imkon bersangiz, ba’zilar bundan yovuz maqsadda foydalanar ekan”, - deydi huquqshunos Neyt Persili.

Internet firmalardan reklama uchun kim pul berayotganini oshkor etish talab qilinishi mumkin.

Lekin, deydi professor Persili, hukumat qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarmasin. "Onlayn platformalar ustidan nazorat so’z erkinligini cheklamasligi, Kongress ham, boshqa hukumatlar ham erkin fikrni bo’g’adigan qonunlar qabul qilmasligi kerak".

Texnologiya kompaniyalari Rossiyaning saylovga aralashuvi yuzasidan tergovda hamkorlik qilmoqda. Ular biznesiga ziyon qiluvchi qonunlar qabul qilinishini istamaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG