Breaking News

AQSh qonunchilari Falastinga yordamni kesmoqchi


Arab-Isroil tinchlik muzokaralarining yana biri natijasiz tugadi. AQSh Kongressi Falastinga yordamni kesish masalasini muhokama qilayapti.
AQSh qonunchilari Falastinga yordamni kesmoqchi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00
Yuklab oling

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining to’qqiz oy davomida astoydil harakatlariga qaramasdan Isroil va falastinliklar yana til topisha olmadi.

G’arbiy sohilda yahudiylar uchun ketma-ket uylar qurilayotganidan falastinliklar xunibiyron.

Isroil muzokarani to’xtatganiga asosiy sabab Falastin Xamas guruhi bilan hukumat tuzishga kirishganidir.

G’azo sektorini boshqaruvchi jangari guruh Isroilni tan olmaydi va unga qarata raketalar yog’diradi. Falastin rahbarlari nazarida esa muzokara davom etishi uchun hali imkoniyat bor.

Endi AQSh Kongressida bu borada yangrayotgan fikrlar bilan tanishsak…

“Muloqotdan hech qanday ijobiy natija chiqmadi. Tomonlar bir-biriga umuman ishonmay qo’ygan”, - deydi Kongress a’zosi Ileana Ros-Leytinen.

Qo’shma Shtatlar G’arbiy sohilda joylashgan Falastin ma’muriyatiga har yili millionlab dollar ko’mak uzatadi.

Ammo Xamas guruhi bilan koalitsiya tuzilyaptimi, demak Kongress bu yordamni uzishi mumkin.

“Xamasdek terrorchilarni o’z ichiga olgan hukumatga Amerika bir tiyin ham pul bermaydi”, - deydi kongressmen Ted Doych.

Lekin, deydi tahlilchilar, G’azoda demokratik saylovlar o’tishini istasak, Xamas bilan baribir hamkorlik qilishga to’g’ri keladi.

“Rahbariyat almashsin degan talablar qo’yganmiz, bu jarayon albatta demokratik ravishda o’tishi kerak. Shuning uchun biz terrorist deb tamg’alagan guruhlar bilan gaplashmasak bo’lmaydi”, - deydi Yaqin Sharq bo’yicha tahlilchi Robert Veksler.

Yana bir eskpert Jonatan Shenzer Falastin ahli yuzlashayotgan fundamental muammolarga e’tibor qaratadi.

“Falastin ma’muriyatining qonuniy asoslarini mustahkamlash, korrupsiyani yengish uchun qat’iy choralar ko’rilishi lozim”, deydi u.

AQSh prezidenti maslahatchisi Syuzan Rays yaqinda Isroilda bo’lib, “siz bizning himoyamizda” deya eslatdi.

Falastinliklar nazarida Isroil xalqaro qonunlarni buzsa ham AQSh uni dastaklayveradi. Vashingtonda yahudiy davlatiga nisbatan biror tanqid eshitmaysiz.

“Falastin markazi” nomli tadqiqot guruhidan Yusuf Munayyarning aytishicha, AQSh Isroilga beradigan iqtisodiy yordamini hech bir vaqt uzmagan.

“BMT Xavfsizlik Kengashida Isroilni tanqid qilgan biror hujjat o’tmaydi. Amerikadan Isroilga harbiy yordam oshgani oshgan”, - deydi u.

Vashington Isroilni raketalardan himoya qiluvchi “Temir Gumbaz” tizimini mustahkamlash uchun yana 500 million dollar ajratmoqchi. Falastin esa shundoq ham oz ko’makdan quruq qoladigan ko’rinadi.
Isroil-Falastin mojarosi - Israel-Palestine/US role
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:28 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG