Breaking News

Vashingtonda AQSh-Qozog'iston konvensiyasi o'tkazildi

Kongressmen Hakim Jeffris (Nyu-Yorkdan, Demokratik partiya a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
1/19 Kongressmen Hakim Jeffris (Nyu-Yorkdan, Demokratik partiya a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Kongressmen Jim Braydenstayn (Oklahomadan, Respublikachilar partiyasi a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
2/19 Kongressmen Jim Braydenstayn (Oklahomadan, Respublikachilar partiyasi a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Senator Kelli Ayot (Nyu-Gempshir shtatidan, Respublikachilar partiyasining a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
3/19 Senator Kelli Ayot (Nyu-Gempshir shtatidan, Respublikachilar partiyasining a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Faruk Taban, Turk-Amerika alyansi prezidenti, AQSh-Qozog'iston konvensiyasi homiylaridan biri, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
4/19 Faruk Taban, Turk-Amerika alyansi prezidenti, AQSh-Qozog'iston konvensiyasi homiylaridan biri, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Senator Kelli Ayot chiqishi paytida, AQSh-Qozog'iston konvensiyasi, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
5/19 Senator Kelli Ayot chiqishi paytida, AQSh-Qozog'iston konvensiyasi, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Kongressmen ayol Greys Meng (Nyu-York shtatidan, Demokratik partiya a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
6/19 Kongressmen ayol Greys Meng (Nyu-York shtatidan, Demokratik partiya a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishi, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
7/19 AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishi, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Kongressmen Pit Gallego (Texas shtatidan, Demokratik partiya a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
8/19 Kongressmen Pit Gallego (Texas shtatidan, Demokratik partiya a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
AQSh mudofaa vazirining Afg'oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha sobiq yordamchisi Deyvid Sidni AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
9/19 AQSh mudofaa vazirining Afg'oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha sobiq yordamchisi Deyvid Sidni AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Atlantika Kengashi tahlil markazi prezidenti Frederik Kemp AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
10/19 Atlantika Kengashi tahlil markazi prezidenti Frederik Kemp AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Xeritij Jamg'armasi tahlil markazi eksperti Ariel Koen AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
11/19 Xeritij Jamg'armasi tahlil markazi eksperti Ariel Koen AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
AQSh-Qozog'iston konvensiyasi paytida, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
12/19 AQSh-Qozog'iston konvensiyasi paytida, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Kongressmen Dag Kollinz (Jorjiya shtatidan, Respublikachilar partiyasining a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
13/19 Kongressmen Dag Kollinz (Jorjiya shtatidan, Respublikachilar partiyasining a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Kongressmen Pit Olson (Texas shtatidan, Respublikachilar partiyasining a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
14/19 Kongressmen Pit Olson (Texas shtatidan, Respublikachilar partiyasining a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Qozog'istonning AQShdagi elchisi Qayrat Umarov AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
15/19 Qozog'istonning AQShdagi elchisi Qayrat Umarov AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Qozog'iston Senatining a'zosi Serik Nugerbekov AQSh-Qozog'iston konvensiyasi ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
16/19 Qozog'iston Senatining a'zosi Serik Nugerbekov AQSh-Qozog'iston konvensiyasi ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha bosh yordamchisi Richard Xoglend AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
17/19 AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha bosh yordamchisi Richard Xoglend AQSh-Qozog'iston konvensiyasida ma'ruza qilmoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Jeyms Kollinz AQSh-Qozog'iston konvensiyasida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
18/19 AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Jeyms Kollinz AQSh-Qozog'iston konvensiyasida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Kongressmen Stiv Stokmen (Texas shtatidan, Respublikachilar partiyasining a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
19/19 Kongressmen Stiv Stokmen (Texas shtatidan, Respublikachilar partiyasining a'zosi) AQSh-Qozog'iston konvensiyasining ochilishida so'zlamoqda, Vashington, 11-dekabr, 2013-yil
Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi, 11-dekabr, 2013-yil
Previous slide
Next slide
Ukraina Rossiya va G’arbning to’qnashuv nuqtasi sifatida ko’rilar ekan, Qozog’iston, aksincha, yirik davlatlar manfaatlari kesishmagan mamlakat deb e’tirof etiladi.

Serqirra munosabatlarga tayangan bu yurt tashqi siyosati unga dunyoda dushmandan ko’ra, ko’p do’st orttirishga yordam berdi. Qo’shma Shtatlar Qozog’istonning ana shunday do’stlaridan biridir. Vashingtonda o’tgan AQSh-Qozog’iston konvensiyasida ikki tomonlama munosabatlar tahlil qilindi.

Qozog’iston mustaqilligining ilk yillaridan iqtisodiy taraqqiyot, mintaqaviy integratsiya, ko’p qirrali muloqot, tinchlik tashabbuslari, diniy hamjihatlikka katta e’tibor qaratdi. Bu yo’nalishlardagi izchil siyosat meva berib, so’nggi yillarda Qozog’iston mintaqa lideri nomini qozondi.


Vashingtonda AQSh-Qozog'iston konvensiyasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:09 0:00
Yuklab oling

AQSh mudofaa vazirining sobiq yordamchisi Deyvid Sidnining Vashingtonda o’tgan tadbirda aytishicha, Ostona Rossiya, Xitoy, Eron, Hindiston, Turkiya, Pokiston, AQSh va Yevropa manfaatlari kesishgan nuqtada joylashgan bo’lsa-da, o’zini yo’qotib qo’ymadi.

"Qozog’iston to’g’ri qarorlar qabul qilgani, to’g’ri siyosat olib borgani uchun ham muvaffaqiyatga erishdi. Xitoy mintaqada mavqeini oshirishga intilar, Rossiya esa Sovet Ittifoqini jonlantirish harakatida ekan, Ostonaning bunday muhitda ish olib borishi yanada qiyinlashadi. Uning kelajagi ana shunday bir vaziyatda to’g’ri yo’l topishiga bog’liq. Bu Qozog’istonning bo’lajak rahbarlari uchun jiddiy sinov bo’ladi va AQSh ularga bu ishda yordam berishga tayyor", - dedi Sidni.

Respublika Sovet Ittifoqidan meros bo’lib qolgan yadro arsenalini ilk yillarda yo’q qilishga rozi bo’lib, jamiyatini tashqi dunyoga yopmasdan, mamlakatni xorijiy sarmoyalarga ochib, ko’p do’st qozondi.

Qozog’iston Senatida hukmron “Nur-Otan” partiyasidan vakil Serik Nugerbekov Qo’shma Shtatlar Qozog’istonga eng ko’p to’g’ridan-to’g’ri sarmoya kiritgan davlat, deydi.

"Qozog’iston ko’plab xalqaro anjumanlarga mezbon bo’ldi. Yillik iqtisodiy forumlar, inqirozga qarshi xalqaro konferensiya, Eron yadro dasturi bo’yicha “P5+1” guruhi muzokaralari, Afg’oniston tinchligiga doir muloqot kabi yirik xalqaro yig’inlarni qabul qildi", - deydi Nugerbekov.

Bularning barchasi qozoq senatori nazarida respublikaning hamma davlatlar bilan do’stona aloqasi mahsulidir.

Bunday munosabatlar Qozog’istonning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga bir yil raislik qilishiga, prezident Nursulton Nazarboyevning AQSh rahbari Barak Obama bilan bir necha bor ko’rishishiga va hatto, inson huquqlari va demokratiya bobida Ostonaga nisbatan bildirilgan tanqidlarning yumshashiga yordam berdi.

AQShning Nyu-Gempshir shtatidan saylangan senatori Kelli Ayotning AQSh-Qozog’iston konvensiyasida aytishicha, Ostonaning ayollar huquqlarini targ’ib qilish yo’lidagi harakatlari ham e’tiborsiz qolmadi.

"Respublika afg’on ayollariga ham bu borada yordam berishi mumkin", - deydi senator Ayot.

Qonunchi, shuningdek, afg’on yoshlarining respublika oliy o’quv yurtlarida tahsil olishi uchun Qozog’iston hukumati tomonidan tuzilgan 50 million dollarlik stipendiya dasturini ham olqishladi.

Qozog’iston Rossiya yetakchiligidagi Bojxona Ittifoqiga a’zo bo’lib, kelajakda tuzilishi kutilayotgan Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirishga asosiy nomzodlardan ekan, Ukrainada bu jarayonlarga qarshi qaratilgan namoyishlar va G’arbning bu boradagi e’tirozi kelajakda Qozog’iston bilan ham ziddiyatlarga olib kelishi mumkinmi?

Qozog’istonning AQShdagi elchisi Qayrat Umarov so’zlariga ko’ra, Ostonaning bu tashabbuslardagi ishtiroki ortida siyosiy sabablar yo’q, faqat iqtisodiy.

"Hozir siyosiy ittifoq yoki yagona pul birligi haqida gapirishga erta. Mavjud iqtisodiy birlashmani takomillashtirib, samarali ittifoqqa aylantirish kerak. Umuman olganda Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi G’arb uchun ham manfaatli tashabbusdir. Qozog’istonda Amerika va boshqa mamlakatlarning ko’plab kompaniyalari ishlamoqda va ular Qozog’istonda chiqarayotgan mahsulotini Bojxona Ittifoqiga a’zo davlatlarga bojsiz, tariflarsiz sotmoqda", - deydi elchi Umarov.

Qozog’iston diplomatiga ko’ra, Yevrosiyo mintaqasi barcha yirik davlatlar uchun raqobat emas, balki hamkorlik uchun platformaga aylanishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

This item is part of

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG