Breaking News

AQSh ahli urush qurbonlarini yodga olmoqda

Arlington qabristoni, Virjiniya shtati
Arlington qabristoni, Virjiniya shtati

May oyining oxirgi dushanbasi Amerikada Xotira kuni. Urushlarda o'lganlar, harbiy xizmat paytida halok bo'lganlar va boshqa qahramonlar xotirlanadi. Prezident Donald Tramp zobitlar va ularning oilalarini qutlab, vatan uch jonini fido qilgan amerikaliklarni o'z yurtining asl farzandlari deb atadi. Xotira kuni AQShda yozning boshlanishi demakdir. 1971-yilda Kongress uni federal bayram deb belgilagan. Vashingtonda yuzlab ming odam yig'ilib, harbiy qabristonga boradi. shuningdek, yodgorliklarni ziyorat qiladi.

Amerikada Xotira kuni

Arlington, Virjiniya shtati
9/23 Arlington, Virjiniya shtati
To'lin oy. Germaniya.
10/23 To'lin oy. Germaniya.
Arlington, Virjiniya shtati
11/23 Arlington, Virjiniya shtati
Vashington
12/23 Vashington
Amerika askarlari ko'milgan qabriston, Britaniya, 1945
14/23 Amerika askarlari ko'milgan qabriston, Britaniya, 1945
1943
15/23 1943
Afg'oniston, 2008
16/23 Afg'oniston, 2008
Arlington, 2006
17/23 Arlington, 2006
Afg'oniston, 2017
18/23 Afg'oniston, 2017
Iroq, 1991
19/23 Iroq, 1991
Vashington
21/23 Vashington
Previous slide
Next slide

Video: Vashingtonda urush qatnashchilari mototsiklda parad qilmoqda

'Rolling Thunder' - an Annual Memorial Day Tribute
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:53 0:00

Prezident Tramp mudofaa va xavfsizlik uchun mablag'ni oshirishga bel bog'lagan. Ijtimoiy himoyani qirqmoqchi. Urush faxriylari bunga qarshi. Bayram kunlarida poytaxt va boshqa yirik shaharlarda namoyishlar o'tkazilib, iste'fodagi zobitlar hukumatni yetti o'lchab bir kesishga, harbiy siyosatni qayta ko'rib chiqishga chaqirmoqda.

Bu yil tinchlikparvar prezident Jon Kennedi tavalludiga 100 yil to'ldi. Shu munosabat bilan diplomatiya, barqarorlik va murosa singari tushunchalarga urg'u berilib, mamlakat bo'ylab tadbirlar o'tmoqda. Amerikani 1961-63-yillar orasida boshqargan Kennedi kuch faqat harbiy qudratda emas degan gaplari bilan tarixga kirgan.

Mobil-salom: Xotira kuni
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:00 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG