Pokistonda Tolibon o'g'irlab ketgan amerikalik oila qutqarildi

  • Amerika Ovozi

Pokiston harbiylari bundan besh yil oldin Tolibon tomonidan o'g'irlab ketilgan AQSh va kanadalik oilani qutqardi. Qutqaruv operatsiyasi Afg'oniston chegarasi yaqinida amalga oshirilgan.

AQShlik Keytlan Koulmen va uning kanadalik eri Joshua Boyl Afg'onistonda 2012-yilda g'oyib bo'lgan va Tolibon ularni o'g'irlab ketganini da'vo qilgan edi. Guruh ularni ozod etish evaziga o'z guruhdoshlarining qamoqdan chiqarilishini talab qilgan. Asirdalik paytida oila uch farzand ko'rgan.

AQSh Prezidenti Donald Tramp asirlarning ozod etilganini olqishladi va voqeani AQSh-Pokiston aloqalaridagi ijobiy o'zgarish deya baholadi.

"Pokiston hukumatining hamkorligi uning mintaqada xavfsizlikni ta'minlash uchun ko'proq ish qilish lozimligi haqidagi Amerika istagini hurmat qilayotganini ko'rsatadi. Umid qilamizki, boshqa mahbuslarni ozod qilishda va kelajakdagi terrorizmga qarshi amaliyotlarimizda bunday hamkorlik davom etadi", - dedi Tramp.

Oilaning ozod qilinishi AQSh Milliy Xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha yetakchi direktori Lisa Kurtis Islomobodga tashrif buyurgan paytda ro'y berdi. Kurtis Pokistonda o'tkazgan uchrashuvlarida o'zaro munosabatlarni yaxshilash yo'llarini muhokama qilgan.

Ayni paytda yana bir aqshlik, 60 yoshli Kevin King va avstraliyalik 48 yoshli Timoti Viks Afg'onistonda asirlikda qolmoqda. Kobuldagi Amerika universitetida o'qituvchilik qilgan bu ikki shaxs 2016-yil avgustda o'g'irlab ketilgan edi.

Shu yil iyun oyida e'lon qilingan videoda ikki asir Prezident Donald Trampdan isyonchi guruh bilan muzokara o'tkazishni iltimos qilayotgani aks etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG