AQSh adliya vaziri Rossiya bilan aloqalari yuzasidan savolga tutiladi

  • Amerika Ovozi

AQSh Adliya vaziri Jeff Seshns Senatning Razvedka qo’mitasida savolga tutiladi. Bu organ Prezident Donald Trampning maslahatchilari va Rossiya orasida qanday aloqalar bo'lganini tekshirmoqda.

Jeff Seshns adliya vaziri bo’lsa-da, Rossiya yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlaridan o’zini soqit qilgan. Saylov kampaniyasi paytida Rossiyaning Vashingtondagi elchisi bilan uchrashgan rasmiylardan biri edi u.

Ammo yanvar oyida vazir bo’lish uchun Kongressda tasdiqdan o’tayotganda Jeff Seshns rus elchisi bilan muloqot qilganini yashirgan.

“Donald Trampning saylov kampaniyasida ishlagan davrimda rus rasmiylari bilan uchrashgan emasman”, - degan edi Seshns qonunchilar savollariga javob berar ekan.

Keyinchalik Seshns Rossiya elchisi Sergey Kislyak bilan ikki bor uchrashgani ayon bo’ldi. Seshns bu uchrashuvlar haqida bildirishni lozim topmaganini aytib keladi. Biroq demokratlar bosimi ostida u Rossiya bilan bog'liq tekshiruvlardan chetlatilgan.

Senatning Razvedka qo’mitasi a’zolari 13-iyun kuni vazirni ochiq majlisda, telekameralar oldida savolga tutmoqchi.

AQSh Federal qidiruv byurosining yaqinda ishdan olingan direktori Jeyms Komi ham yaqinda Kongressda so'zladi. Uning aytishicha, Prezident Donald Tramp undan sadoqat talab qilib, ma'muriyati a'zolarining Rossiya bilan aloqalariga doir tergovni bosdi-bosdi qilishni so’ragan.

Tramp bilan yuzma-yuz muloqotlarini bayon qilgan Komi ishdan haydalganiga shu tergov sababchi bo'lganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG