Breaking News

AQSh "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya bilan hamkorlik qilmaydi


AQSh, Suriya, "Islomiy davlat"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:17 0:00

US/Syria/Islamic State

Prezident Barak Obamaning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar “Islomiy davlat” ekstremistlariga qarshi kurashda Suriya hukumati bilan hamkorlik qilmaydi.

AQSh jangarilarga qarshi kurashda Suriya bilan hamkorlik qilmaydi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:13 0:00

Shunga qaramasdan, xalqaro koalitsiya Suriyada amalga oshirilayotgan havo hujumlaridan prezident Bashar al-Assad ham naf ko’rayotgani ayon.

Xalqaro koalitsiya “Islomiy davlat”ga qarshi havo kampaniyasini boshlaganidan buyon Suriya qurolli kuchlari orqaga chekingan.

Barak Obamaning aytishicha, bu orada qandaydir hamkorlik bo’layotgani, operatsiya hamohang olib borilayotganini anglatmaydi.

“Sizning mamlakatingizda jangarilar nishonga olinayotganda yo’limizga to’siq bo’lmang, deb Suriya hukumatiga tayinlab qo’yganmiz. Bor gap shu. Assad bilan hech qanday ittifoqchilik bo’lishi mumkin emas. U rahbar sifatida obro’-ishonchini yo’qotib bo’lgan”, - deydi Obama.

AQSh hukumati “Islomiy davlat”ga qarshi kurashda Suriya muxolifati bilan hamkorlik qilishini, ularni treningdan o’tkazishini aytib keladi. Ammo koalitsiya jangarilar bilan band ekan, Assad qo’shinlari muxolifatga qarshi hujumlarga zo’r berayapti. Ma’lum ma’noda xalqaro koalitsiya Assadning dushmanlariga yordam berayapti, degan qarash bor.

Amerika universitetidan professor Gay Ziv Obama ma’muriyati bundan xabardor ekanini aytadi.

“Bashar al-Assadni nima qilamiz, degan savolga javob topilganicha yo’q. Suriyada olib borilayotgan havo kampaniyasi Assadga qo’lga kelayaptimi yoki oxir-oqibat uning hokimiyatdan ketishiga zamin hozirlaydimi? Bu haqda muhokamalar ketayapti”, - deydi suhbatdosh.

AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Jen Psaki jurnalistlar oldida quyidagicha bayonot berdi:

“Suriyaga oid strategiyamiz doimiy muhokamada. Uni qanday o’zgartirsak bo’ladi, degan murakkab savollar o’rtaga tashlanyapti. Ammo tugal bir qarorga kelingani yo’q”.

Tahlilchi Jastin Loganga ko’ra, jihodchilarga qarshi kampaniya kutilmagan oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

“Yaqin Sharqda terrorizmni yo’q qilish doirasida qilinayotgan ishlar ba’zida teskari natija beradi. Omma orasida AQShga qarshi kayfiyat kuchayishi, bu o’z navbatida jangarilar safini kengaytirishga xizmat qilishi mumkin”, - deydi Logan.

Kurashni qanday olib borish, qaysi guruhlarni qo’llab-quvvatlash haqida AQSh ham, Assadning ittifoqchisi Eron ham o’ylanib qolgan, deydi Jorjtaun universitetidan Nora Binsohil.

"Islomiy davlat”ga qarshi mintaqada kim bilan ittifoqchi bo’lish oson masala emas. Har bir davlat o’ylab qadam bosishi kerak”, - deydi mutaxassis.

AQSh Qurolli kuchlari bosh shtati qo’mondoni Martin Demsi yaqinda Iroqqa safari chog’ida Kurdiston rahbariyati bilan ham muloqot qildi. Uning aytishicha, “Islomiy davlat” ga qarshi kurashda yutuqlar bor, lekin harbiy kampaniya hali bir necha yil davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG