Breaking News

AQSh qonunchilar: Isroil hujumi Suriya mudofaa tizimi zaif ekanini isbotladi


Damashq, Suriya
Damashq, Suriya
AQShda ayrim qonunchilar nazarida Isroilning Suriyaga qarshi havo hujumlari Oq uy Suriyada tinch aholini mudofaa qilish uchun chora ko’rishi mumkinligini namoyish etgan. O’z xalqini qirayotgan prezident Bashar al-Assaddan qutulish payti keldi, deydi ular.

Obama ma’muriyati Suriyada isyonchilarni noharbiy yordam bilan, urush bois uy-joyidan ayrilgan insonlarni gumanitar madad bilan ta’minlab keladi.

AQSh qonunchilari: Isroil hujumi Suriya mudofaasi zaif ekanini isbotladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:33 0:00
Yuklab oling

Ammo Qo’shma Shtatlar Suriya uzra harbiy parvozlarni taqiqlash da’vatlariga uchmay turibdi. Obama Suriya raketalari Amerika samolyotlarini urib tushirishi mumkin, deya xavotirda.

Respublikachi qonunchi Tom Kotton so’zlariga ko’ra esa, Isroil juma va yakshanba kunlari amalga oshirgan havo hujumlari buning aksini isbotlagan.

“Suriyaning Rossiyada ishlangan mudofaa tizimi avval o’ylanganidek qudratli emas ekaniga guvoh bo’ldik. Bashar al-Assadni o’z xalqini qirishdan to’xtatishimiz, dahshatli jinoyatlarga yakun yasashimiz mumkin”, - deydi kongressmen.

Demokrat senator Patrik Lexi nazarida ham Isroil Suriyaning zaif tomonini ochib berdi. Ammo Amerika Suriya isyonchilariga qurol ulashsa oqibati ayanchli bo’lishi mumkin, deb hisoblaydi u.

“Isyonchilar orasida ekstremistlar, Al-Qoida vakillari borligi sir emas. Liviya va Misrdan xulosa qiling, islomiy kuchlarning ustun kelishi aniq”, - deydi Lexi.

AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel o’tgan hafta Suriya muxolifatiga qurol berish masalasi muhokamada degan edi. Uning aytishicha, tugal qaror hali qabul qilinganicha yo’q.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG