Breaking News

Amerika fuqarosi terrorizm aybi bilan 17 yilga qamaldi


Internetdagi suhbatlarda Tariq Mehanna jihodga hissa qo'shish haqida qayta-qayta to'xtalgan
Internetdagi suhbatlarda Tariq Mehanna jihodga hissa qo'shish haqida qayta-qayta to'xtalgan

Amerika fuqarosi, al-Qoida tarafdori Tariq Mehanna 17 yil qamoq jazosi oldi. 29 yoshli bu farmasevt Yamanga borib, terrorchilar lagerida mashq qilmoqchi va Iroqda AQSh askarlarini o’ldirmoqchi bo’lgan.

Al-Qoidaning jihod haqidagi qo’llanmalarini tarjima qilib, musulmonlarni kofirlarga qarshi kurashga da’vat etuvchi hujjatlarni global tarmoqda chop etgan.

Advokatlarning aytishicha, yigit dinni o'rganish, madrasalarda o'qish uchungina Yamanga safar qilgan. Matnlarni tarjima qilishga esa Qo'shma Shtatlarda hamma haqli, so'z va fikr erkinligi hurmat qilinadigan davlat bu, deydi himoyachilar.

2009-yildan beri hibsda saqlanib, terrorizmda va sudga yolg’on ma’lumot berganlikda aybdor topildi.

Mehanna AQShning Massachusets shtatida voyaga yetgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG