Breaking News

Umida Niyozova: O'zbekistonda paxtani majburan terdirish jinoyat, qonunga amal qilish kerak


Umida Niyozova, O'zbek-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari, Berlinda O'zbekiston elchixonasi oldida o'tkazilgan norozilik namoyishida, 30-sentabr, 2014

2007-yildan beri faoliyat yuritayotgan “Paxta kampaniyasi” (Cotton Campaign) xalqaro koalitsiya bo’lib, inson huquqlari tashkilotlari, kasaba uyushmalari, sarmoyadorlar va bizneslardan tashkil topgan. Asosiy maqsadi – O’zbekistonda majburiy mehnatga chek qo’yish, xususan paxta sohasida bolalar va kattalarning ekspluatatsiya qilinishiga barham berish.

Ochiq jamiyat jamg’armasi homiylik qiladigan koalitsiya nazarida o’tgan yillar ichida respublikada bu muammoga qarshi bir necha qadamlar tashlandi, jumladan 2008-yildan beri bolalar mehnati taqiqlangan. Bu qonun natijasida hozirda paxtazorlarda kamroq bola ishlatiladi, biroq katta yoshdagilarni terimga majburan jalb etish hollari hamon keng tarqalgan.

BMT qoshidagi Xalqaro mehnat tashkiloti bugun Toshkentda o’z vakolatxonasiga ega va hukumat bilan hamkorlikda ishlamoqda.

AQSh va Yevropa Ittifoqi O’zbekiston paxtasi ekspluatatsiya evaziga yetishtiriladi deya tanqid qilib keladi. Vashington respublikani bu boradagi maxsus qora ro’yxatga qo’shgan. Biroq unga nisbatan biror jazo chorasi ko’rishni ma’qul topmagan.

Inson huquqlari tashkilotlariga ko’ra esa siyosiy bosimsiz bu muammoni hal etish mumkin emas.

Yaqinda Vashingtonda “Paxta kampaniyasi” o’zining yillik anjumaniga yig’ilganida unda o’zbekistonlik faollar ham ishtirok etdi.

Umida Niyozova O’zbek-Germaniya inson huquqlari forumini (Uzbek-German Forum for Human Rights) boshqarib, majburiy mehnat hollarini kuzatuvchi tarmoqqa rahbarlik qiladi. (Suhbat to'liq holda quyida)

O'zbek-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari Umida Niyozova bilan suhbat - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:34 0:00

Ko’plab o’zbekistonliklar uchun paxtani majburan terish u qadar katta muammo emas, milliy boylik - oq oltin shunday yig’ib olinishga arziydi, deyishadi.

Aslida bu masala qanchalik chuqur va ahamiyatli?

O’zbekistonda vaziyat shu qadar murakkabki, bu muammo haqiqatan ham ba’zilar uchun real muammo emasdek tuyuladi, deydi Umida Niyozova. Paxta terimiga chiqishga majbur odamlarning dardiga quloq solish kerak. Kim o'zi xohlamagan tarzda ishlashga tayyor? Qonun majburiy mehnatni taqiqlaydi. Uni buzish jinoyat, deydi suhbatdosh.

O’zbekiston paxta yetishtiradigan yagona davlat emas, deydi Niyozova, biroq mamlakatda hosilni paxtaga aloqasi yo’q odamlar terishi chuqur ildiz otgan odat. Siyosat, yondashuv mutlaq o’zgarishi kerak, deydi faol.

O'zbekistonda bolalar 2014-yilda paxta terimiga olib chiqilmadi. Bu xalqaro bosim natijasi, deydi Umida Niyozova, O'zbek-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari
O'zbekistonda bolalar 2014-yilda paxta terimiga olib chiqilmadi. Bu xalqaro bosim natijasi, deydi Umida Niyozova, O'zbek-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari

Amerika bu muammoni qanchalik qoralamasin, uning yechimi O’zbekistonning o’zida deb qayd etadi. Bu ichki masala, tashqi dunyo uni hal eta olmaydi, ortiqcha bosim ham ish bermaydi degan fikr shakllangan.

Umida Niyozova tahlilicha esa Toshkent boshqa masalalar singari bu borada ham bosim ko’rsatilsagina biror chora ko’rishi mumkin.

Paxta o’zbek xalqi madaniyati va mentalitetining ajralmas qismiga aylanib ketgan, u bilan bog’liq muammolardan qutulish uchun ong va qarashlarni tubdan o’zgartirish kerak degan fikrga Umida Niyozova shunday munosabat bildiradi: mentalitetni ro’kach qilish haqiqatga ko’z yumishdir, gap bu yerda erkinlik cheklanganida.

O’zbekiston hukumati Umida Niyozova yuritayotgan tashkilot va u bilan hamkorlik qilayotgan boshqa organlarni, xususan “Paxta kampaniyasi”ni davlatga tuhmat qilib, chet el grantlari evaziga respublikani yomonotliq qilayotganlikda, xorijdan turib ichki vaziyatga aralashayotganlikda ayblaydi.

Faollar esa hukumatni fuqaro jamiyati nima ekanini tushunmay, huquq va adolat talabi har bir jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan omil ekanini tan olmayotganlikda tanqid qiladi. Biror jamg’armadan grant olish, bu mablag’ evaziga biror muammo yechimi yo’lida kurashish jinoyat yoki qora ish emas, deydi ular, aksincha bu qattiq mehnat, tajriba va bilim talab qiladi.

Umida Niyozova yana bir narsaga urg’u beradi: O’zbekistonda hukmron mas’uliyatsiz tuzum tanqidchilarga la’nat toshini otavermay o’z qilmishlari uchun ham javob berishni o’rgansin. Grant olganlar uning hisobotini beradi, xalqning haqqini yeb o’tirgan mansabdorlar kimga qanday hisobot berayapti?

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 900 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG