Breaking News

Tolibon delegatsiyasi Toshkentda rasmiylar bilan uchrashdi


O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Afg’oniston mahalliy axborot vositalari va Tolibonning Qatardagi siyosiy idorasi Tolibon delegatsiyasi Toshkent rasmiylari bilan muzokara o‘tkazganini tasdiqlamoqda.

“Tolibon harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi”, - deya bildiradi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi.

Tolibon delegatsiyasiga Sher Abbos Sitonikzoy rahbarlik qilgan.

Tolibon O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bilan uchrashgani aytilmoqda.

Matbuotga o‘zini Tolibon so‘zlovchisi deb tanishtirayotgan Zabihulla Mujohid Tolibonning Toshkentdagi to‘rt kunlik safarida Afg‘onistonda sulh o‘rnatilishi, xorijiy aksarlarning mamlakatni tark etishi va ayni damda yirik iqtisodiy loyihalar muhokama qilinganini aytadi.

Ammo O‘zbekiston tomonining qisqa bayonotida Afg‘onistonda “tinchlik o’rnatish jarayoni istiqbollari yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi xolos.

Hanuzgacha afg‘on hukumati bu borada hech narsa demagan.

Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati birinchi kunidanoq qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik ta’minlanishiga urg‘u bermoqda.

Joriy yilning mart oyida Toshkentda Afg‘oniston tinchligi yuzasidan xalqaro konferensiya o‘tkazilgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG