AQSh-Pokiston munosabatlari yanada murakkablashgan

Pokiston ko'chalarida

Pokiston AQShni unga bosim o'tkazmaslikka chaqirib, aloqalarda, xususan, Afg'onistondagi urushni tugatishda o'zaro manfaatlar hisobga olingan holda ishlash lozimligini eslatmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Pokiston: AQSh bizga do'q qilmasin

Do'q qilmang, deydi Islomobod rasmiylari Vashingtonga qarata, hamkorlik qilmoqchi bo'lsangiz, eshik va ko'ngil ochiq.

Yaqinda AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Pokistonga borib, rahbarlar bilan yuzma-yuz gaplashgan, xususan, Tolibon va boshqa jangari kuchlarni quvvatlab kelayotganlikda ayblanuvchi qurolli kuchlar boshlig'i, general Qamar Javid Bajvo bilan muloqot qilgan.

Generalning so'zlovchisi general-mayor Asif G'ofurning aytishicha, Tillerson va qo'mondon juda ochiq so'zlashgan.

Pokiston rasmiylari

Pokiston Tolibon bilan muzokara tarafdori va bu jarayonga Kobul yetakchilik qilishi kerak degan fikrda.

"Islomobod o'z vazifasini bajaradi, ya'ni tomonlarni tinchlikka undab, terrorizmga qarshi kurashni davom ettiradi", - deydi G'ofur.

Boshqa taraflar ham shunday qilsin, deydi rasmiy. Oq uy Tolibonni muzokara stoliga chaqirmoqda. Isyonchi guruh esa Kobulga ishonmasligini aytadi.

Tramp ma'muriyati Afg'onistondagi qo'shinlar sonini vaqtincha oshirib, mahalliy armiyaga yordamni kuchaytirmoqda.

AQSh rasmiylari

Pokiston nazarida esa Kobuldagi markaziy hukumat tarqoq, yagona siyosiy yondashuv yo'q. Tolibon juda murakkab tizim, uning ichida muloqotga moyillarni topib, ularning nufuzi qanchalik ekanini to'g'ri baholab, muzokaralarni rejalash uchun qunt va siyosiy iroda zarur.

Tolibon bu borada Rossiya, Xitoy va Eron bilan aloqada. Kobul bundan g'azabda, lekin ularni to'xtatishga qodir emas. Amerika bunday hamkorlikni qanchalik qoralamasin, Moskva, Pekin va Tehron o'z manfaatlari uchun kurashayotganini aytadi. Ular maqsad tinchlik ekanini ta'kidlaydi.

Ayni damda Tolibon Afg'onistonning 40 foizi ustidan qandaydir darajada ta'sir kuchiga ega.