Maishiy texnika ko'rgazmasi - bizneslar uchun noyob imkoniyat

  • Amerika Ovozi

Procter & Gamble mahsulotlari, maishiy texnika ko'rgazmasi, Las Vegas

Har yanvar Las-Vegasda maishiy texnika ko’rgazmasi o’tadi. Yilning bu sohadagi eng yirik yarmarkasi.

Megan Mopin va Sid Salvi o’z mahsulotini ko’z-ko’z qilishga tayyorlanmoqda.

"Har safar hech narsamiz qolmaydi. Bu yarmarkada mahsulot yetmay qolsa yomon. Har bir narsadan kamida 500 ta kerak”.

Las Vegasdagi bu ko’rgazmaga har yili 180 mingdan oshiq odam keladi. Bir necha kunlik tadbir.

Megan va Sid kosmetik texnika ishlab chiqaradi. Biznesni noldan boshlashgan. Mahsulotini namoyish qilishga kelishadi.

Las Vegasdagi ko'rgazmaga butun dunyodan kelishadi

Internetda bu kompaniyani boshlash uchun 38 ming dollar yig’ishgan. Hamkorlar va mijoz izlashmoqda.

“Bu ko’rgazmaga kela olishning o’zi katta bir qadam. Bu biz uchun ulkan platforma. Las-Vegas yarmarkasi bizni global ommaga va shu tariqa jahon bozoriga olib chiqadi.”

Bizneslar esa global talablarga javob bera oladigan darajada bo’lishi kerak. Raqobat kuchli. Go’zallik sanoati daqiqa sayin o’zgarib, yangilanib boradi.

Salomatlik va ekologiya bilan bog’liq.

“Kosmetik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun chuqur bilim kerak, nafaqat qanday yaratish haqida balki iste’molchi yashaydigan muhit va uning individual salomatligi xususida bilishingiz va ularni hisobga olishingiz kerak. Aks holda mahsulotingiz hech kimga kerak emas”.

Bu juftlikning loyihasi hozirda o’z homiysiga ega: Massachusetts Texnologiya Instituti. Konkurs orqali tanlangan.

O'tgan yilgi yarmarkadan, Las Vegas

Megan oldin ilg’or texnologiya kompaniyasida ishlab tajriba orttirgan. “O’rganganim – boyligim”, deydi u.

“Oldingi ishimda bunday ko’rgazmalarda qatnashish ahamiyatini tushunib yetganman. Yangi mahsulotlarni shu yerda ko’rsatasiz va omma fikrini o’rganasiz”.

Xaridor, raqobatchilar va hakamlar bilan yuzma-yuz. Bizneslar yangimi yoki uzoq yillik, bu yer hamma uchun sinov maydoni.