Breaking News

Martin Lyuter Kingning qashshoqlikka qarshi kurashi yodga olindi


Adolat uchun kurash tarixidan...
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:26 0:00

Adolat uchun kurash tarixidan...

Martin Lyuter King o'limidan ellik yil o'tib ham qashshoqlikka qarshi ijtimioiy harakatlar orqali kurashish hanuz dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Afro-Amerika tarixi va madaniyati muzeyi hamda Amerika tarixi milliy muzeyi birgalikda Amerika demokratiyasi, siyosiy-ijtimoiy o'zgarishlar va qashshoqlik haqida ko'rgazma tashkil etdi.

Suratlarda 1968-yil ijtimoiy adolat talab qilib Vashingtonda o'tkazilgan Qashshoq odamlar kampaniyasi aks etgan. Muzey xodimi Aron Brayntning aytishicha, harakatga butun Amerikadan odamlar qo'shilgan va u Martin Lyuter King orzularining so'nggi in'ikosi bo'lgan.

"King qashshoqlik haqida ko'p o'ylangan. U ijtimoiy adolat targ'ibotchisi edi. U bu borada otasi va bobosining an'anasini davom ettirgan. Ular ham qashshoq odamlarga xizmat qilish ustida ishlashgan", - deydi u.

Ayrim hisobotlarda 1994-yildan 1974-yilgacha qashshoqlik 19 foizdan 11,2 foizga tushgani aytiladi. Har bir irq, yosh va dindagi odamlarga ta'sir qilgan bu muammo fuqarolik huquqlari harakatida jiddiy o'zgarish yasagan edi.

"Kampaniya rasman 12-mayda, Onalar kuni marshi bilan boshlangan. 13-maygacha odamlar shahar markazida to'plangan edi. Ular 16 akr joyni egallab, chodirlar shahrini barpo etgan. U haqiqiy shaharcha edi: majlislar zali, madaniy chodir, bolalar bog'chasi, sartaroshxonalar, tibbiyot va stomotologiya xizmatlari bo'lgan. Elektr tarmoqlari va kanalizatsiyagacha bo'lgan", - deydi Braynt.

Muzeyda tarixiy suratlar asosida shaharning uch o'lchamli maketi tayyorlandi.

"Gazetadagi maqolalarni o'qib bildikku, bu bino "Xudoning nazaridagi novvoyxona" deb atalgan. Rasmlarni topib, bolalar bog'chasi Koretta Skot King nomi bilan atalganini bildik", - deya muzey xodimi maketdagi binolarni tanishtiradi.

Ko'rgazmaga rasmlar, belgilar, chodirning yog'och tutqichlari va olti haftalik kampaniya qanday o'tganini ko'rsatuvchi noyob film qo'yilgan. Kampaniyani tashkil qilishda qatnashgan Marian Rayt Eldelmen va Endryu Yong kabi shaxslarning og'zaki hikoyalari ham taqdim etilgan.

Brayntning aytishicha, harakatda birdamlik ruhini yaratishda "madaniy chodir" muhim rol o'ynagan.

"Bu madaniy chodir odamlar yig'ilib qo'shiq aytadigan joy bo'lgani uchun ham muhim. Siz hozir eshitayotgan kuy ham shu shahardan olingan, juda ajoyib", - deydi u.

Brayntning aytishicha, kampaniyada barcha faol ishtirok etgan. Ayrimlar federal agentliklar rahbarlari bilan uchrashgan; boshqalar bo'lajak qarorlar va qonunlar haqida muzokaralar olib borgan. Shahar bo'ylab boshqa davlat idoralari oldida ham namoyishlar tashkil qilingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG