15-mart kuni Yangi Zelandiya tarixidagi eng mudhish voqealardan biriga guvoh bo'ldi: ikki masjidda yuz bergan terror xurujida 50 kishi halok bo'ldi; jumladan, bolalar va ayollar.
Voqea dunyoni larzaga soldi. Jahon hamjamiyati xurujni va uning ortida turgan mafkurani - oq millatchilik va irqchilikni keskin qoraladi.
"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida shu xuruj va undan keyingi voqelik haqida fikr yuritdik. Qatliom qanday ro'y berdi? Uning ortida turgan shaxs va mafkura nima? Yangi Zelandiya hukumati va xalqaro hamjamiyat, xususan, AQSh bu voqeaga qanday munosabat bildirdi? Dunyo bo'ylab o'sib borayotgan millatchilik va irqchilik harakatlariga qarshi kurashish uchun yetarli darajada siyosiy iroda ko'rsatilyaptimi?
Muloqotimizda shu savollarga javob izladik. Suhbatni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5