Muxolifat vakili bo'lgan professor Zohid Haqnazarov olamdan o'tdi

  • Amerika Ovozi

Zohid Haqnazarov

O‘zbekistonda o'tgan asrning 80-yillari oxirida tashkil etilgan "Birlik" xalq harakati asoschilaridan va faol a'zolaridan biri bo‘lgan professor Zohid Haqnazarov 20-iyul kuni 82 yoshida vafot etdi.

Haqnazarov o‘zbek rasmiylariga tanqidiy fikrlarini ochiq aytishdan tortinmagan ziyoli sifatida tanilgan.

Dirijyor, O'zbekiston Xalq artisti Zohid Haqnazarov 1937-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1963-yil Moskva Konservatoriyasini dirijyorlik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1978-yil O‘zbekiston xalq artisti, 1982-yilda esa professor unvonini olgan. 1984-yilgacha Toshkent Davlat konservatoriyasiga rahbarlik qilgan.

1988-yil KPSSni tark etib, O‘zbekiston Birlik xalq harakatiga a’zo bo'lgan.

Zohid Haqnazarov muxolifat mamlakatni tark etgan, tanqidiy fikrdagilar tazyiq va zug'umlarga uchragan yillarda ham mamlakat rahbariyatiga ochiq fikrlarini aytishdan qo'rqmagan kam sonli ziyolilardan biri bo'lgan.

"Usmon Haqnazarov" taxallusi bilan tanqidiy maqolalar yozgan jurnalist Bobomurod Abdullayev hisbga olinganda, Zohid Haqnazarov uni ozod qilishni so'rab, Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan edi.