Din

Vashington choyxonasi: koronavirus Ramazonga qanday ta'sir qiladi?

  • Amerika Ovozi

Ramazon oyi arafasida, Quddus, Falastin, 2019-yil, 4-may

Musulmon dunyosi muqaddas Ramazon oyini kutib olishga hozirlanmoqda. Koronavirus keng tarqalgan bir paytda ro'za oyi bu yil qanday o'tkaziladi?

O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston diniy ulamolari bu yil Ramazon oyida masjidlarda taroveh namozlari o'qilmasligi, jamoat joylarida iftorliklar berilmasligi haqida fatvo chiqardi. Dunyoning boshqa musulmon diyorlarida ham shunday bo'lishi kutilyapti.

AQShdachi? Bu mamlakat musulmonlari Ramazon oyida taroveh, iftorlik kabi ommaviy ibodat va tadbirlarni o'tkazadimi? AQShdagi o'zbek faollari bilan shu haqda suhbatlashdik.

Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: koronavirus va Ramazon