O'zbekiston, Rossiya aloqani kuchaytiradi

Your browser doesn’t support HTML5

Mirziyoyev, Putin Moskvada muzokarada

G’alaba paradida ishtirok etish uchun Moskvaga yetib borgan Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putin bilan muzokaralar o’tkazmoqda. Prezident Mirziyoyevning safariga amaliy tashrif maqomi berilgan. Ta’kidlanishicha, prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikka doir keng qamrovli masalalar yuzasidan fikr almashib, aloqani kuchaytirishni muhokama qilmoqda.

Mirziyoyevning bu safari, Moskvadagi g’alaba paradida ishtirok etishi jamoatchilikda Putining sobiq ittifoq davlatlariga qaratilgan navbatdagi tahdidli bayonoti munozara qilinayotgan bir manzarada kuzatilmoqda.

Moskva, 23-iyun, 2020

Putin Rossiya televideniyesidagi intervyusida SSSR tarkibidagi davlatlar ittifoqdan chiqishda tarixan Rossiyaga tegishli bo’lgan hududlarni sovg’a sifatida olishganini ta’kidlaydi.

Vladimir Putin tarixan Rossiyaga tegishli ekanligini da’vo qilgan bu hududlar sobiq ittifoqdagi qaysi davlatlarda joylashganini aniq aytmagan, ammo bu bayonot sobiq ittifoqda, jumladan mintaqada ham jiddiy munozaralar bilan kutib olindi.

Ayniqsa Rossiya bilan bevosita chegaradosh Ukraina, Belarus, Qozog’iston jamoatchiligi Vladimir Putinning bu tahdidli bayonoti jiddiy xavotir uyg’otgan.

Qozoq muxolifatchsi Aydos Sodiqning “Amerika ovozi”ga aytishicha, nisbatan ojiz davlatlarga tegishli yerlarni bosqin qilishga o’rgangan Putin rejimi Ukarina, Gruziya bilan cheklanmaydi, Putinning bu bayonoti sobiq ittifoqqa qaratilgan hududiy tajovuz siyosati davom etishidan darak.