Amerikada o’zbek milliy raqs guruhini ochgan vatandosh

Your browser doesn’t support HTML5

Sevara Nabiyeva Amerikada 20 yildan beri istiqomat qiladi. O’zi informatsion texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi vatandosh Virjiniya shtatida uyida “Marjona” o'zbek milliy raqs to’garagini ochgan. “Marjona” guruhi Amerika bo’ylab o’zbek madaniyatini targ’ib etishga hissa qo’shmoqda.